Serbiya prezidenti farzandli bo‘lgani sabab Qozog‘istonga safarini qisqartirdi
Serbiyaning yangi prezidenti Aleksandar Vuchich o‘g‘il farzandli bo‘lgani sabab Qozog‘istonga safarini qisqartirdi. Bu haqda Vuchichning o‘zi tvitterda ma'lum qildi.
"Bugun kechki payt davlat majburiyatlarimni birinchi marta bekor qilishim kerak, buni yuzda tabassum bilan qilaman, chunki men va Tamara bir necha daqiqa avval o‘g‘il farzandlik bo‘ldik", deb yozgan Vuchich.
Vuchich Qozog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan kelgandi. Uning Qozog‘istonga tashrifi mamlakat prezidenti lavozimiga kirishganidan keyingi ilk xorijiy safari bo‘ldi. Tashrif vaqtida Vuchichning Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va bosh vazir Bakitjon Sag‘intayev bilan uchrashuvi rejalashtirilgandi. Vuchich, shuningdek, "Ostona EKSPO2017" xalqaro ko‘rgazmasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.
2013 yilda Vuchich ikkinchi marta uylangan. Uning rafiqasi Tamara Jukanovich hisoblanadi. Vuchichning birinchi rafiqasi Kseniya Yankovichdan (2011 yilda ajrashishgan) ikkita farzandi – o‘g‘li Danila va qizi Militsa bor.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024