Gazetada kommunal soha faoliyati tanqid qilindi. Sönggi paytlarda aholidan tez-tez murojaat tuşayotgan holat edi. Öşa tizim rahbari bilan bir tadbirda uçraşib qoldik. Muomalasi sovuqqina.
— Şu maqolani berişdan avval bir oğiz maslahatlaşmabsiz-da, — dedi oğringanini yaşirmay.
— Aka, muxbirlar sohangizdagi kamçiliklarni yoritib, aslida sizlarga naf keltirişyapti. Bahonada çekka-çekka hududlardagi muammolardan, xodimlaringizning oyoq bosişidan xabardor bölyapsiz, — dedim.
Bu gapim rahbarga yoqmadi:
— Harqalay… gazetalaringizga ança-munça obuna bölganmiz...
Qiziq, rahbar obuna bölganini rökaç qilib, bizning sohadagi kamçiliklarga köz yuming, demoqçimi yoki yegan oğiz uyalar qabilida iş tutyaptimi? Bu iddaodan gazeta faqat obuna bölmaganlarnigina tanqid qilişi mumkin, degan xulosa kelib çiqmaydimi?
Odatda biror firma mahsuloti reklama qilinayotganda «Xizmatlar litsenziyalangan» deb körsatiladi. Bu bilan mahsulotning sifatiga kafolat berişadi. Axir bunday ta'rifni davlat taşkilotiga qiyoslaş kulgili emasmi? Heç birimiz kamçiliklardan xoli emasligimizni qarşimdagi odam tuşunmadi.
Ikkinçi holat. Xalq ta'limi boşqarmasining matbuot anjumani ötkazilyapti. Boşqarma boşliği sohadagi yutuqlar va qilinişi lozim bölgan işlar yuzasidan tayyorlangan ma'lumotini öqidi. Şundan söng jurnalistlar savol berdi. Rahbar bu savollarga oçiq çehra bilan javob qaytara boşladi. Savollarga aynan mutasaddi xodimlarning javobi ham olindi.
Tabiiyki, savol ham örinli, javob ham köngildagidek bölsa, ikkala tomonning ham kayfiyati kötariladi. Bir-birini özaro hurmat qila boşlaydi. Aslida bunday hurmatning bölgani yaxşi.
Masalaning ikkinçi tomoni şundaki, öşa anjumanda ommaviy axborot vositalari va tizim xodimlarining «yuzi isidi». Boşqarma boşliği ham xursand holda jurnalistlar bilan hamkorlikni kuçaytiriş, axborot almaşiş lozimligi, tizim faoliyatini samarali yoritilişi tarafdori ekanligini bildirdi. Hatto soha faoliyatini eng yaxşi yoritganligi uçun OAV xodimlari örtasida tanlov ötkaziş taklifini örtaga taşladi. Sir emas, bu taklif ayrim jurnalistlar tomonidan qöllab-quvvatlandi ham.
Töğri, rağbat ba'zida odamga kuç berar, ammo şu örinda kişini muşohadaga undaydigan boşqa jihatlar ham bor. Masalan, ta'lim tizimini eng yaxşi yoritgan jurnalistlar rağbatlantirildi, deylik. Tabiiyki, bu taşabbus tizimning özidan çiqyapti. Demak, hakamlar hay'ati ham ta'lim sohasi xodimlaridan böladi. Öz-özidan soha xodimlari ijobiy ma'nodagi materiallarga xayrixoh. Bu degani — jurnalistni tanqidiy ruhdagi maqolalarni yozişdan, kamçiliklarni körişdan çeklab qöyadi. Natijada, yana yegan oğiz uyalar, maqoli esga olinadi... Obuna bölganlik töğrisidagi iddaolar yuzaga çiqadi.













