Parijda 10 iyunda kikboks böyiça ötgan musobaqadagi janglardan birining iştirokçisi muxlislar tomondan ringning özida döpposlandi. Bu haqda Yahoo!Sports portali xabar bermoqda.
Gollandiyalik Mertel Gronxart hamda Armaniston va Belgiya fuqaroligiga ega bölgan Arut Grigoryan örtasida keçgan jangda gollandiyalik kikboksçi 2-raundda raqibini nokautga uçratgan. Şundan söng u ğalabasini nişonlayotganda ringga ikki muxlis çiqib, uni döpposlay ketgan. Vaziyatga murabbiylar va taşkilotçilar aralaşib, sportçiga taşlangan muxlislarni çetga olişgan.
Muxlislarning bunday tajovuzkor munosabatiga Gronxartga ğalaba keltirgan xatti-harakatlari sabab bölgan. Grigoryan nokautga uçraşdan oldin raqibining tizza bilan bergan zarbasini ötkazib yuborib, unga teskari ögirilgan. Gronxart esa vaziyatdan foydalanib, raqibining jağiga muşti bilan oğir zarba bergan va şundan keyin Grigoryan ringga yiqilgan. Ta'kidlanişiça, gollandiyalikning bergan zarbasi qoida doirasida bölgan.
Voqea qanday oqibatlarga olib kelgani haqida ma'lumot berilmagan.

















