Braziliyalik sobiq futbolçi, yulduzli onlarini «Real»da ötkazgan Roberto Karlos doping iste'mol qilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Bundan avvalroq Germaniyadagi ARD telekanali Braziliya futbolidagi doping muammosiga bağişlangan hujjatli filmni namoyiş etgan, unda Karlos ham ösmirligida taqiqlangan moddalarni iste'mol qilgani gumon qilingandi.

Filmda Karlos 2002 yilda braziliyalik şifokor Julio Sezar Alvesning mijozi bölgani, bu şifokor esa öz amaliyotida dopingdan keng miqyosda foydalangani ma'lum qilingan.

Filmda şifokor Roberto Karlos haqida ham gapirgan. «U mening oldimga kelganida 15 yoşda edi. Aynan men uning oyoqlarini hozirgi körinişiga keltirib qöyganman» - degan Alves.

«ARD kanalining bu bayonotini inkor etaman. Men heç qaçon doping qabul qilmaganman. Filmda meni bir şifokor bilan boğlab tasvirlaşgan. Ammo men uni tanimayman. Endi bu iş bilan huquqşunosim şuğullanadi. Biz barça ayblovlar sudda isbotlanişini talab qilamiz.

Öz faoliyatim davomida men halollik prinsiplariga rioya qilganman. 20 yillik faoliyatimda biror marta doping iste'mol qilganim tasdiqlanmagan. Men Braziliya, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Rossiya, Hindiston klublarida öynaganman. Braziliya terma jamoasi safida dunyoni kezganman. Har doim doping nazoratidan ötganman. Agar doping iste'mol qilganimda, albatta bu aniqlangan bölardi», deb yozgan Roberto Karlos feysbukdagi sahifasida.