Braziliya terma jamoasi va «Real»ning sobiq futbolçisi Roberto Karlos faoliyati davomida doping iste'mol qilganlikda gumonlandi. 

Germaniyaning ARD telekanali jurnalisti Xayo Zeppelt tomonidan Braziliya futbolidagi doping haqida hujjatli film suratga olingandi.

Filmda Karlos 2002 yilda braziliyalik şifokor Julio Sezar Alvesning mijozi bölgani, bu şifokor esa öz amaliyotida dopingdan keng miqyosda foydalangani ma'lum qilingan.

Sportshau xabariga köra, ARD jurnalisti qölida Alvesning qinğir işlarini tasdiqlovçi 200dan ortiq hujjat borligini bildirgan.

Bundan taşqari, filmda şifokor Roberto Karlos haqida ham gapirgan.

«U mening oldimga kelganida 15 yoşda edi. Aynan men uning oyoqlarini hozirgi körinişiga keltirib qöyganman» - degan Alves.