Fransiyada joylaşgan Airbus konserni Yevropaning yangi avlod qiruvçisini işlab çiqarişga tayyorgarlik körmoqda. Bu haqida duşanba kuni EUobserver internet-naşri xabar berdi. 

Naşr Airbus rahbari Fernando Alonsoga asoslanib, yangi loyihaga Germaniya va Ispaniyaning qöşilgani hamda kelgusida Fransiyaning iştiroki ham kutilayotganini ma'lum qildi. 

Kod nomi "Yangi avlodning jangovor aviatizimi" (Future Combat Air System (FCAS)) bölgan qiruvçi hozirda Germaniya tasarrufida bölgan Eurofighter va Tornado, Ispaniyaning F16 va ehtimol, Fransiyaning Rafale qiruvçisining örnini bosişi rejalaştirilgan. 

Loyiha Yevropa Ittifoqining mudofaa byudjyeti hisobiga moliyalaştiriladi. Unga köra, FCAS kabi loyihalarga doir ilmiy-tadqiqot va tajribali-konstruktiv işlanmalarni işlab çiqiş hamda ularni amalga oşirişga yiliga 1,5 milliard yevro ajratiş közda tutilgan.