Hayotda  özgalarning haqiga tajovuz qiladigan, özgalar molini özlaştirib oladigan kimsalar, garçi közga uddaburon kişilar bölib körinsa-da, noçor va beçora kişilar aynan öşalardir.  

Hadisi şarifda Payğambar alayhissalom şunday dedilar.“Muflis (heç vaqosi yöq noçor) kim bilasizlarmi? Sahobalar: bizning oramizda biror narsasi, biror dirhami ham bölmagan kişi muflisdir, deyişdi. Şunda Rasululloh mening ummatimdan haqiqiy noçorlar şunday kişilarki  qiyomat kunida namoz, röza, zakotlari bilan kelişadi, şu bilan birga, dunyo hayotida mana buni sökkan, yana birini ayblagan, boşqa birining molini yegan va yana boşqasining qonini oqizgan, yana birini nohaq urgan. Bas unday kişining yaxşi amallari qiyomat kunida ana u haqdoriga olib beriladi agar haqdorining har biriga haqlari olib berilgunga qadar yaxşi amallari tugab qolsa ularning xatolari olinib bunga yuklanadi söngra dözaxga uloqtiriladi”, - dedilar.

Ha, haqiqiy noçorlar mana şu toifadagi kişilardir. Agar yaxşiligi bölsa ham özgalarini aldab, molini özlaştirgani bois öşa yaxşiligidan ham mahrum böluvçilardir. 

Hayot taqozosi bilan insonlar doimo bir-birlari bilan turli xil moliyaviy muomala qilişga muhtojdirlar. Lekin bu aloqada maqsadni halol yöl bilan amalga oşiriş, harom yöllardan va özgalarni haq-huquqlariga hamda mol-mulklariga tajovuz qilmaslik şartdir.

Hayotda özgalarning moliga köz olaytirib,  ularga xiyonat  qilganlar  qiyomatda Allohning huzurida hisob beradilar va albatta haqlar Alloh tarafidan öz egalariga  olib beriladi. Dunyoda  qilgan tajovuzlari, xiyonatlari ularga alamli azobning kelişiga sabab böladi. Qur'oni Karimning Niso surasida Alloh Taolo aytadi:

“Ey imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni örtada nohaq yöl bilan  yemangiz! Özaro rozilik asosidagi tijorat bölsa, bundan mustasno”.

Birovni haqini yeyiş ikki xil yöl bilan böladi: birinçisi – zulm orqali. Bunga zörlik bilan tortib oliş, xiyonat, öğirlik, talonçilik bilan yeyiş kiradi. Ikkinçisi hazil – öyin orqali. Bunga qimor va turli ermaklar kiradi. Rasululloh yana aytadilar: “Kim qayerdan mol topayotganiga e'tibor bermasa, Alloh ham uni dözaxning qaysi eşigidan kirişiga e'tibor bermaydi”. Demak, har bir inson özini bu işlardan ehtiyot qilmoği lozim. Bugungi kunda tovlamaçilik, özgalar haqiga tajovuz qilişning bir qança körinişlari ommalaşgan. 

Jumladan, tijoratda öz şerigiga xiyonat qiliş, bozorlarda tarozidan uriş yoki molni aybini berkitib sotiş, qarz olib qaytarib bermaslik va hokazolar bu işlar ayrim ibodatli kişilar, hatto ayrim hajga  borganlarning orasida ham uçrayotganligi aççiq bölsada haqiqat. Bu kabi işlar oilalardan, jamiyatdan baraka kötarilişiga sabab bölib, insonlar orasida işonçsizlik, adovatni paydo qiladi.