Forbes Woman jurnali 2016 yilning eng köp haq tölanuvçi yozuvçilari reytingini tuzdi. 13 iyun kuni mazkur reytingning töliq röyxati taqdim etildi. 

Unga köra, birinçi örin britaniyalik yozuvçi Joan Roulingga, Garri Potter haqidagi kitoblar seriyasi muallifiga nasib etdi. U 2016 yilda şuningdek "Fantastik mavjudotlar va ularning makoni" kinossenariysi sifatida qatnaşdi. Şu bilan birga dramaturg Jyek Torn bilan birga "Garri Potter va la'nati bolakay"ning ikki qismini yaratişda iştirok etdi. Uning ötgan yilgi daromadi 19 million dollarni taşkil qildi. 

Ikkinçi örinni "Irland qalblar", "Mak-Gregorlar", "Tungi hikoyalar" va "Stanislavskilar oilasi" kabi asarlar muallifi amerikalik Nora Roberts egalladi. U şu kunga qadar 15 million dollardan ziyod pul işlab oldi. Uçinçi örinda - "Zoya", "Oilaviy albom" asarlari muallifi Daniela Stil bölib, u 15 million dollarni qölga kiritdi. 

Ilk önlikdan şuningdek Erika Jyeyms, (14 million dollar), Pola Xokins 10 million dollardan ortiq), Veronika Rot ( 10 million dollardan ziyod) va Reyçel Rassel (8,5 million dollar) örin olişdi. 

Reyting tuzişda mualliflarning 2016 yilda öz asarlari uçun olgan daromadlari inobatga olingan.