12 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişini ötkazdi.
Videoselektorda Xorazmning sobiq hokimi, hozirda Oqqörğon tumani hokimi lavozimini egallab turgan Ollobergan Olloberganov va tumandagi "törtlik" faoliyati keskin tanqid qilinib, bunday faoliyat yuritayotgan xodimlar işdan olinişi kerakligi ta'kidlandi.
Qayd etiş joizki, Özbekistonda endilikda muayyan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun faqatgina hokimning özi javob bermayapti. Qaysi tuman yoki şaharda hokim işdan olinadigan bölsa, «törtlik»ning barça vakillari — hokim, prokuror, militsiya boşliği, DSI boşliği işdan ketmoqda. Bu jamoaviy javobgarlik sifatida hisoblanmoqda.
Oldinroq, videoselektorda Samarqand viloyati hokimi Himmat Qöçqoroviç Oqbötayev lavozimidan ozod etilgani ma'lum qilingan edik.












