Telekanal bir kunda 24 soat mobaynida har soat avvalida yangiliklar dasturini efirga uzatadi. Biroq, bu dasturlarning hozirgi telekanallar faoliyatida kuzatiladiganidek, bir qolipga tuşib qolişiga yöl qöyilmaydi. Aksinça, yangiliklar dasturi efirga çiqiş vaqti erkin böladi. ÖzMTRK raisi birinçi örinbosari Bobir Alixonovning aytişiça, tele- va radiokanal faoliyati yangiliklar paydo bölişiga boğliq böladi. 

Ya'ni, biror muhim voqea-hodisa, tadbir yoki anjuman bölişi bilan, yangiliklar dasturi kutilmaydi, aksinça tezkorlik bilan tomoşabinlar va tinglovçilar e'tiboriga havola etiladi. 

“O’zbekiston 24” teleradiokanali öz faoliyatining ilk vaqtlarida dunyoning 9 mamlakatida öz muxbiriga ega böladi. Bunda, birinçi galda, Özbekiston joylaşgan mintaqa mamlakatlariga e'tibor qaratiladi. Şu bilan birga, ÖzMTRK raisining birinçi örinbosari Bobir Alixonovning sözlariga köra, muxbirlar tarmoği, keyinçalik, dunyoning deyarli barça qit'alarini qamrab oladi.