Janubiy Koreyaga qarshi qahramona o‘yindan keyin qatarliklar murabbiyi iste'fo berdi
JCh-2018 saralashi doirasida uchinchi bosqich, 8-turda Janubiy Koreyaga qarshi kechgan va 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Fossati iste'fo berdi. Bu haqda Al-Kass TV telekanalida xabar qilingan.
Urugvaylik ushbu mutaxassisning qarori rahbariyat uchun kutilmagan qaror bo‘ldi va bu iste'fo hozircha qabul qilingani yo‘q.
Fossati 2016 yil sentabrida terma jamoani qabul qilib olgandi. O‘shanda Qatar ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin Xose Daniel Karrenoni iste'foga chiqargandi. Fossati boshchiligida qatarliklar keyingi 6 turda 2 g‘alaba, bir durang va 3 mag‘lubiyat qayd etishdi, terma jamoa ayni vaqtda 7 ochko bilan guruhda beshinchi o‘rinda joylashgan va JCh-2018 yo‘llanmasidan umid uzgan.
Qayd etish kerakki, Qatarning guruh favoritlaridan biri Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratishi O‘zbekiston terma jamoasiga qo‘l keldi. Endilikda ikkinchi o‘rindagi Janubiy Koreya (13 ochko) uchinchi o‘rindagi O‘zbekistondan (12 ochko) uzoqlashib keta olmagan va yo‘llanma taqdiri ikki terma jamoaning o‘zaro uchrashuvida hal qilinadigan bo‘lgan.
Fossati 2007-2008 yillarda ham Qatar terma jamoasida ishlagan, undan avvalroq, 2004-2006 yillarda Urugvayni boshqargan, keyingi yillarda Qatarning "Al-Rayyan" klubida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
14:08 / 22.07.2024
«U darhol iste’foga chiqishi kerak» - Baydenning qaroriga AQSh va dunyodagi reaksiyalar
18:37 / 14.05.2024
Qashqadaryo hokimi 22 nafar mas’ulni ishdan oldi
23:44 / 08.01.2024
Fransiya bosh vaziri iste’foga chiqdi
19:08 / 03.08.2023