Kuni Matmusalarga qolayotgan özbek teatri (Sahna ortiga nazar)
|00:56 / 15.06.201741 86016 min
«Hurriyat» gazetasining 14 iyun kungi sonida taniqli adabiyotşunos, «Jahon adabiyoti» jurnali boş muharriri Şuhrat Rizayevning «Bizga rejissyor kerakmi, özi?!» sarlavhali maqolasi naşr etildi. Uşbu keskin tanqidiy ruhdagi maqolada özbek teatrining ahvoli tahlil qilingan, rejissura inqirozga yuz tutayotgani alamli sözlar bilan ifoda etilgan. «Kun.uz» özbek ziyolilarida şunday jur'at uyğonişiga xayrixohlik bildirgan holda, uşbu maqolani qayta naşr etdi.
Aççiq, ammo oçiq gaplar – «Bizga rejissyor kerakmi, özi?!»
Dabdurustdan bunday savol qöyiş ğalatiroq tuyulişi tabiiy. Bugun tomoşa degani köpaygandan köpayib, san'at nariroq tursin, ne-ne ma'naviy bang, oldi-qoçdi kino, spektakl, serial, klip, şou va hokazolar uçun ham rejissyor degani talabgir bölib turgan paytda bunday savol qöyiş, albatta, noörindek. Ammo, ne ajabki, bugun özbekka rejissyor kerak emas ekan. Aniqroği, öz işini puxta biladigan, spektakl degan hodisani miridan sirigaça yuragidan ötqazib, uni rosmana san'at ölaroq jamiyatga taqdim etadigan yuksak prfessional san'atkor rejissyor kerak emas ekan. Nari-beri qitiq qözğaydigan, u-bu voqea laxtakni amallab bir-biriga yopiştirib, tangroq vaziyatdan çiqib ketadigan, unça-bunça piçratqi ehtiroslarni qözğatib, közga nam, lab-lunjga ta'm sola biladigan çalamulla, ançayin ajabtovur, gapdon, uçar bir kas bölsa kifoya: bosa-bos şou-tomoşa, bada-bang şoh taşlab öyin-kulgu, qiyqiriq, jazava...
Ey, Xudo, qaçon bu xaloyiqqa aql, insof, öy-tuşunça kiradi, deb kuyinganingça qolaverasan. Çunki yakkasan, ta'qibli nigohlarga, ta'na-malomatlarga çidolmay atrofingni tark etib ketganlar tufayli yolğizlanib, kuraşlarda toliqqansan, “bore, kerakmi bitta savil jonimga”, deb yuborar darajaga kelib qolib, özingni faoliyatsizlikka hukm etasan... Ammo... ammo qani öşa “e..., bore...”dan topadigan halovating?! Yöq..., yöq u! Çunki bu qismat – Yaratgan egangning peşonangga yozgani – tamğasi. Malomat qiladimi, ta'na-daşnom beradimi, ne bir imkoniyatu martaba, jiççagina amalu umidvorlikdagi unvonu nişon-barining andişasini yiğiştirib, özingni jabhaga otasan, bölgança bölar deysan, qismatdan yuz burolmaysan – tavakkali Xudo! Yozuqmi bu yoki baxt, har qalay, vijdon bilan yaşaş, “Jim turolmayman” (“Ne mogu molçat!”) degan Tolstoy boboga öxşab faryod uriş köz öngida voqe bölib turgan adolatsizlikka könikolmay, mung çekadigan tanqidçi – muşohadali, munosabatli odamning, mutaxassisning va, eng muhimi, fuqaroning vazifasi, haqqi rost burçidir, avvalo. Şu andişada mohi-ramazonning ön birinçi sahari qölga qalam oldim. Sababi bois öninçi kun ramazon iftoridan söng Bahodir aka Yöldoşevning qönğiroq qoqib, alamu angiz kaminaga qilgan malomatlari, “özbekka rejissyor kerakmi özi?!” deya qayta-qayta bergan alamli savollari böldi.
Mavzuga oid
Malomatki – jon-jonimdan ötkulik: teatrlarda yangi tomoşa bölsa, borib oşini yeb, maqtab kelaverasanlarmi, direktorlarning ellik dollarlik xarajatiga sotilib ketaverasan, degan tuhmat toşlari...
Alamki – kuni keça (şu gaplardan ikki kun avval) Özbek davlat drama teatriga vazirning birinçi örinbosari şaxsan borib, Özbekiston san'at arbobi, atoqli rejissyor Olimjon Salimovni butun jamoaga boş rejissyor sifatida taniştirib kelsa-yu, Olimjon aka bor jamoa kimlardan iborat ekan, bilib olay deya ştat jadvalini sörab suriştirgani uçun u yerda vaqtinça vazifa bajarib ötirgan direktor (aslida direktor örinbosari lavozimidagi kasbi kori teatrga mutlaqo aloqasiz) yigitça “Sening işing spektakl qöyiş, teatrda kim işlaydi, bu yerga kim kirib-çiqadi, işing bölmasin” deya otasi tengi odamni, Özbekistonning közdagi atoqli rejissyorini behurmat qilib, döq urib, haydab solgani... Yanaki, vaziri a'zamning özi iltimos qilib, Bahodir Yöldoşevning qiyin-qistovi bilan Olimjon Salimov teatr boş rejissyorligiga ne bir andişalarda borgan bölsayu, “şu dargohga rozi bölib keldimmi, endi qorin uçun emas, qadr uçun, özbekning san'ati, teatr deb yurgan kattayu kiçik qora közlari haqqi biror özgarişlar qilişim kerak. Özbekiston yangi pallaga qadam qöydi, Yurtboşimiz Şavkat Miromonoviç olamşumul işlar bilan yurtni taraqqiy ettiriş tadoriklarida yonib yurganida unga hamfikr, hamqadam böla bilaylik”, degan yangigina boş rejissyor hali tayin iş boşlamay, poygakdagi örniga işora qilinib tursa?.. Buni ne deb, qanday tuşunmoq kerak?
Bahodir akaning fiğoni oşib, yana kaminaga nişlarini sançadi: “Ey, baraka topkurlar, meni emas, Olimjon Salimovni emas, teatrni, öttiz yettita özbek teatrini himoya qilinglar har xil kasu nokaslardan. Qaçongaça rejissyor zoti xor böladi?! Mannon Uyğur şöro paytida, mafkuradan oğib ketayapti deb, bir muddat boş rejissyorlikdan olinib, çekkaga surib qöyilgan bölsa, Töla aka (Toşxöja Xöjayev) san'atdagi diletantlar tufayli teatrdan bezib, içkilikka berilib, ajalidan beş kun burun ölib ketgan bölsa, Ergaş Masafayevning qismati yoki özimning, Olimjonning talabçanligimiz uçun boşimizda öynagan malomat qamçilari, xör-xorliklar – qaçon tugaydi bular?! Kim himoya qiladi bizni?! Nima, Özbekistonda rejissyor degani şunçalar köpmi? Azbaroyi köpligidanki, yoşim yetmiş ikkiga kirib maydonma-maydon yugurib yuribman. Rosmana san'atkor rejissyorning yöqligidan, tayinli tayyorlanmayotganidanki, Olimjonni yuragi kasal holida, yetmiş yoşida “Teatrga bor, şunça umid bilan yurgan aktyorlar – umri behuda ötmasin” deya majburlab iltimos qilib tursak. Oxiri bormi, bu bemazagarçiliklarning?!”
Bu gaplar, bir qaraşda, xususiy xolatga tegişlidek tuyuladi. Ha, endi, teatrçilik, baland-past gaplar hamişa bölgan, bölaveradi. Şunga ham “ota göri qozixonami?! Undan köra uç-tört kun burun e'lon qilingan “Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş va takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori va unda tasdiqlangan 2017-2021 yillarga möljallangan çora tadbirlar Dasturi xususida sözlaşsak ma'qulmasmidi, deb qolasan. Baayni şunday, haqqi rost! Ammo Bahodir akaning kuyinib, alamlanib aytgan gaplari ayni şu hujjatga bevosita aloqador ekani ham lop-lop xayolingga kelaveradi. San'atni rivojlantiriş va takomillaştiriş degani, albatta, rejissyor kadrlarning iste'dodi, salohiyati bilan çambarças boğliq jarayonki, haqiqiy rejissyorsiz san'at, ayniqsa, teatr san'ati sira rivojlanişi, inçunun, takomillaşişi mumkin emas.
Mannon Uyğur 22 yoşida “Turon” truppasi (hozirgi Milliy teatr) yetakçisi bölgan edi. Toşxöja Xöjayev 33-34 yoşlarida, Bahodir Yöldoşev esa 23-24 yoşlarida katta-katta davlat tadbirlari, s'yezd, qurultoy va boşqa turli bayram tomoşalarini sahnalaştirib, durustgina hayotiy va ijodiy tajriba töplab, yigirma sakkiz-yigirma töqqiz yoşlarida hozirgi Milliy teatrning Boş rejissyori bölgan edi. Boşqa atoqli rejissyorlarimiz xususida ham şunday misollar keltiriş mumkin. Ular ayni navqiron yoşlarida öz ijodiy “men”larini namoyon etib, jiddiy ijodiy truppalarga yetakçi böla olişlarini amalda qöygan spektaklari, jamoalarni yönaltira bilganlari bilan isbot etgan edilar. Qani ana şu an'ana va yetakçilikka qobil yetuk yoş iste'dodlar?! Özbek teatrining rejissyorlik va aktyorlik maktablari, an'analari bor va ular ön yillar davomida şakllanib, rivojlanib kelayotgan edi-ku. Nega oqib turgan daryo özanlari quruqşab borayapti? Şu holatda özbek teatr rejissyorligi san'atini Bahodir Yöldoşev, Olimjon Salimov, Mansur Ravşanov, Karim Yöldoşev, Nosir Otaboyev, Jöra Mahmudov, Valijon Umarov, Sayfiddin Meliyev öz ijodi, izlanişlari, mahorat va ijodiy taşkilotçiliklari bilan saqlab turgan ekanlar, ularning qadriga yeta bilişimiz, asraşimiz ham zarur-ku! Ta'bir joiz bölsa, teatr uçun ma'muriy xizmat xodimlari topilaveradi, bular oz emas, ammo rejissyor masalasi muhimlardan muhim. Çunki rejissyor tuğiladi, diplom yo bir şahodatnoma bilan talaba rejissyor bölib qolmaydi. Mobodo şunday bölganida bugun poytaxtimizdagi aksariyat teatrlar hozirgidek boş rejissyorsiz, yölini topa olmay yurmasdi. Şuning uçun ham Bahodir akaning kuyinib aytgan fikrlari bu xususiy hol emas. Qolaversa, Özbekiston xalq artisti Bahodir Yöldoşev ham öttiz ikki millionli mamlakatning oddiy bir fuqarosi emas. U bir paytlar taniqli arbob, hozirda marhum ustozimiz aytmoqçi, “respublika mulki” – özbekning faxri, boyligi. Demakki, bu odamning özi kabi fikrini ham xususiy fikr deb qabul qilib bölmaydi.
Şu gaplar bilan mazkur yozuvlarga nuqta qöymoqçi edim. Qarangki, qölimdagi ruçkani qöyaman deb qarasam, unda “Özbek Milliy akademik drama teatri – 100” deya yozib qöyilgan ekan. Beixtiyor bundan uç yil avval otaxon teatrimiz va ayni çoğda özbek yangi teatr san'atining bir asrlik töyini nişonlaşga tayyorgarlik körilayotgan xuddi şu pallalar xotirimga keldi. Rahmatli birinçi Prezidentimizning maxsus Qarorlari e'lon qilingan va şunga muvofiq Milliy teatrda ta'mir işlari va boşqa taşkiliy-amaliy işlar ketyapti, hujjatli film, kitob-albom tayyorlanayapti va hokazo. Biroq eng muhimi, muhimlardan muhimi – yuz yillik sanani sahnada qanday nişonlaymiz, oliy darajadagi mehmonlarga repertuardagi qaysi spektaklni namoyiş etamiz degan masala köndalang. Prezidentimizning mazkur Qarori ijrosiga mas'ul mutasaddi vakillar teatrning amaldagi biror spektaklini bayram tadbirlariga muvofiq emas, p'yesa va rejissura noçor deya ma'qul körmayapti. Vaziyatdan çiqiş uçun konsert nomerlari bilan kifoyalanamizmi desa, bu yoği teatr-tomoşa muassasasining qutluğ sanasi nişonlanayapti. Qarangki, 2014 yili Davlat ahamiyatidagi nufusli tadbir bundan 40 yil avval sahnalaştirilgan “Kelinlar qözğaloni” spektakli negizida erkin kompozitsiya şaklida tomoşabinga namoyiş etildi. Çunki bu spektakl yuksak rejissyorlik mahorati bilan sahnalaştirilgan va özbek teatr tarixidan munosib joy olgan unutilmas mumtoz asar – teatr san'ati namunasi edi. Bu, spektaklning rejissyori esa Özbekiston xalq artisti Bahodir Yöldoşev edi.
Oradan ikki yil ötib, Milliy akademik teatrimiz sahnasida Maqsud Şayxzodaning “Mirzo Uluğbek” tarixiy tragediyasi yangiça talqin va tahrirda sahnalaştirildi. Mazkur spektakl premerasida iştirok etgan öşa yubiley tadbiriga mas'ul mutasaddi akamiz bu safar tomoşa tugagaç, Milliy teatr Badiiy kengaşi a'zolariga qarata: “Agar Islom Abduğaniyeviç hayot bölganlarida ularni sira ikkilanmay mazkur spektaklga taklif etgan bölardim”, deb aytdilar. “Mirzo Uluğbek” spektaklini sahnalaştirgan rejissyor esa Özbekiston san'at arbobi Olimjon Salimov edi.
R.S. Xöş, aytilganlardan ne xulosa qilamiz, aniqroği, kim xulosa çiqaradi? Amal kursisiga mazaxörak bölib, öziga daxlsizlik tönini yopişga urinayotgan direktor örinbosari – yigitçami yoki muhtaram vaziri a'zam janoblarimi? Nafsilamrini aytganda, bir yerini möyçinak tişlamagan baçalarga pişang berayotgan, ularni hezlab, ortida turganlar kim ekan? Şukrki, Özbekistonda na Islom Karimov va na ulardan söng Şavkat Miromonoviç “akaxonlik” kasali urçişiga yöl bermadilar. Hamma narsada adolat va töğrilikni şior tutib kelmoqdalar. Lekin yana bir haqiqat ham borki, adolat va töğrilik naqqoşning nili emas – bir çizganingça yaltillab turaversa. Ma'naviy aqidalar barqarorligi uçun hamişa va hamma yerda muttasil kuraşmoq şart. Qayerda loqaydlik, beparvolik urçisa, öşa yerda adolat puturdan ketadi, töğrilik egrilikka aylanadi...
37 teatr – aytişga, yozişga oson. Har birida yuzlarça inson. Yiğib kelsa neça minglab jamoa-jon. Şularning bariga eng avvalo rejissyor, bor bölsa boş rejissyorlar mas'ul. Demak, minglab odam-teatr mehnat ahlining taqdiri rejissyorga boğliq. Rejissyor fahmu farosat, fasohat bilan ularning kuç-imkoniyatidan foydalana olsa, ahli teatr millionlarning qalbiga ezgulik uruğini sepadi, uluğvor işlarga boşlaydi, yurtni obod, köngillarni şod etadi. Asli jahon teatr san'ati ham rejissyor va rejissyorlik san'ati tufayli mavjud, yaşayapti va şitob bilan taraqqiy topmoqda.
Bundan qirq yillar narida sobiq ittifoqdagi önlab akademik teatrlar orasida Hamza nomidagi özbek Akademik (hozirgi Milliy) drama teatri katta-kiçik rasmiy-norasmiy sanoqlarda birinçi uçlikda zikr etilardi. Rossiya va Gruziyadagi teatr san'ati darajasida sanalardi. Bu asosan teatr rejissurasi hisobiga edi. Çunki kattayu kiçikligi, mahobati, imkoniyati jihatidan yuzlab kuçli teatrlar bölgani holda, özbek teatri rejissura hisobiga eng oldi uçlikda edi. Qarangki, bizda rejissuraning turli noxolis sub'yektiv sabablar tufayli tanazzulga ketişi teatr san'atimizning darajoti tugul, şu orada yetişgan neça avlod san'atkorlarning haqiqiy rejissura nima ekanini bilmay, özida his qilmay ötişiga sabab bölmoqda. Ajabki, iş joyi teatr böla turib, teatr nimaligini bilmay ötiş odam uçun fojyea emasmi?! Demoqçimizki, haqiqiy rejissyor talqini, tahlili, talabi va tasnifi bölmagan joyda haqiqiy teatr ham yöq, demakki, san'at ham yöq. Bu nari borsa havaskorlik, xolos. Havaskorlik bilan esa biror imoratni qurib bölmaydi, inçunun teatr imoratini. (Buning kulgili, ammo alamli ramziy körinişlarini marhum ustoz Erkin Vohidov “Doniş qişloq latifalari”da Matmusaning tandir qurganiyu tandir kiygani, dutor çalganiyu qöşiq aytgani kabi qator hangomalarda yaqqol körsatib qöyganini bir yodga olaylik). Taassufki, bugun önlab özbek teatrlari “boş”siz, ya'ni boş rejissyorsiz, hatto tayin-tuturuqli oddiygina rejissyorsiz, aniqroği kasbida savodi çiqqan, mutaxassisligi “xos”liklarini anglab yetgan yetakçilarsiz mavjud bölib turibdi. Şu taxlit ketsa, ajabmaski, hademay rejissyor degani anqoning uruğiga aylanib, kunimiz Matmusalarga qolsa. Iloho bunday bölmasin, aql borida etakni yopaylik. Binobarin, mazkur hodisadan xulosa çiqarib, yanagi yil taşkil topganiga yarim asr töladigan Özbek davlat drama teatrida soğlom ijodiy muhit, qizğin teatrçilik faoliyati bilan yaşaş kayfiyatini qaror toptiraylik. Toki özbek teatr san'ati yana bir kuçli, baquvvat ijodiy jamoa izlaniş, intilişlari bilan rivoju taraqqiyga erişsin, an'analarini davom ettirib, zamona şitobiga munosib özgariş va yangiliklari bilan ma'naviyatimiz, madaniyatimiz, san'atimiz takomiliga xizmat qilsin. Şuhrat RIZAYeV