Şanxay hamkorlik taşkilotining tölaqonli a'zolariga aylangan Hindiston va Pokiston bayroqlarini tantanali kötariş marosimi payşanba kuni taşkilotning Pekindagi kotibiyati binosi oldida bölib ötdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Hindiston bayroği ŞHT va Qozoğiston bayroqlari orasidan joy olgan bölsa, Pokistonniki – Qirğiziston va Rossiya bayroqlari örtasida joylaşdi.

Marosim ŞHT taşkil topgan kunda bölib ötdi.

"Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida töqqizinçi iyun kuni ŞHT asosçi davlatlari yetakçilari tomonidan Hindiston va Pokistonni taşkilotga tölaqonli a'zo sifatida qabul qiliş böyiça tarixiy qaror qabul qilindi. Bugun ŞHT kunida biz taşkilot qarorgohi yonida Hindiston va Pokiston davlat bayroqlarini tantanali kötariş marosimiga yiğildik. Endilikda ŞHT bayroği yonida taşkilotga a'zo sakkiz davlat bayroqlari hilpirab turadi, ular taşkilot ruhiyati bilan birlaşgan", - deya ma'lum qildi ŞHT boş kotibi Raşid Alimov marosimda.

Eslatib ötamiz, Ostona şahrida ŞHTning navbatdagi sammiti 8-9 iyun kunlari bölib ötdi. ŞHTga a'zo davlatlar yetakçilari 9 iyun kuni Hindiston va Pokistonni taşkilotga qabul qiliş böyiça qarorni imzolaşdi. Şu tariqa, 2001 yilda Özbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston yetakçilari tomonidan taşkil etilgan taşkilot sakkiz davlatga qadar kengaydi.