Oliy Liganing 14-turidan örin olgan «Maş'al» (Muborak) – «Neftçi» (Farğona) uçraşuvi 19 iyun kuni Ğuzor şahridagi «Şörtan» stadionida bölib ötadi. 

PFL matbuot xizmati xabar berişiça, Muborakdagi Bahrom Vafoyev nomidagi stadion yonib ketgani va unda ta'mirlaş işlari boşlangani sababli şunday qarorga kelingan.

Stadionda ötgan haftada yonğin röy bergandi. Yonğin sabablari aniqlanmagan.

Eslatib ötamiz, Qarşining «Nasaf» jamoasiga tegişli «Markaziy» stadionida rekonstruksiya işlari olib borilganligi bois qarşiliklar birinçi davrada uy uçraşuvlarini aynan «Şörtan» stadionida ötkazib kelayotgan edi.