2017 yil 16 iyun kuni poytaxtda joylaşgan “Anhor-Lokomotiv” boği OAV vakillari hamda ularning bolalari uçun maxsus ekskursiya taşkil etdi. Sarguzaştlarga boy ötgan tadbir davomida boğ ma'muriyati jurnalistlar bilan kiçik anjuman ötkazib, savollarga javob berişdi. Keyin esa boğning hududi böylab sayr qilişdi va asosiy köngiloçar maydonlar bilan yaqindan taniştirişdi. 

Ma'lumot örnida: “Anhor-Lokomotiv” boği 2016 yilning 8 avgustida “Özbekiston temir yöllari” AJ tasarrufida işga tuşirilgan. Boğ Şayxontohur tumanining Labzak va Zulfiyaxonim köçalari orasida joylaşgan. 

Anhor-Lokomotiv attraksionlari

Mazkur köngiloçar boğ hududida hozirgi kunda 35ta attraksion xizmat qiladi. Ularning bari yangi AT-texnologiyalar yordamida işlaydi. Albatta, har bir attraksion taşrif buyuruvçilarning yoşi hamda xohiş-istagiga moslab qurilgan.

Ayniqsa, bu yerda bolajonlar uçun turli-tuman antiqa attraksionlarni uçratiş mumkin: “Finjol”, “Jirafalar”, “Muşukçalar”, “Jajji asalarilar”, “Dengiz raketasi”, “Qaroqçi kemasi”, “Retrokareta”, “Fazo kemasi” şular jumlasidandir. Şuningdek, zamonaviy öyin maydonçalari, poyezd sayohati ham mavjud. 

Katta yoşdagilar uçun möljallangan eng yorqin attraksionlar – “Tegirmon”, “Osmonöpar”, “7D-lift” va boşqalar har qanday insonda katta taassurot qoldirişi aniq. Ayniqsa, “Osmonöpar” arğimçoğida uçgan kişi uçun eng yuqori nuqtadan poytaxtning gözal manzarasi kaftdek namoyon böladi. 

Özbekistonning 7 mö'jizasi

“Anhor-lokomotiv” hududida Özbekistonning eng maşhur qadamjolari -  “Kalta-minor” minorasi (Xiva), “Şerdor” madrasasi (Samarqand), “Kalon” minorasi (Buxoro), Bobur memorial majmuasi (Andijon), Temuriylar tarix muzeyi, Toşkent teleminorasi hamda Toşkeknt kurantlarining maketi ham qad rostlagan.

Karting markazi

Yuqori tezlik işqibozlari “AXeLON” karting markazida Formula-1 poygalari bilan şuğullanişlari mumkin. Mazkur markaz MDX mamlakatlari orasida eng uzun yopiq poyga maydoni sanaladi.