OAV ma'lumotiga köra, 21 iyun kuni Janubiy Koreyada multipleyer öyinlarda, jumladan, League of Legends, Overwatch va Starcraft’da çit-kodlar va modifikatsiyalardan foydalanişni taqiqlovçi yangi qonun kuçga kiradi. Bu farmon mamlakat hukumati tomonidan sönggi yillarda videoöyinlar yangi qonunçilik tösiqlari bilan örab qöyilganining mantiqiy davomiga aylanadi. 2000-yillar boşida hukumat mamlakatda videoöyin sanoatini rivojlantiriş böyiça boş taşabbusçiga aylandi, biroq 2011 yildan videoöyinlarga ança qattiq munosabatda bölinmoqda.

Farmonlar nafaqat byudjyetga millionlab dollar keltiruvçi kibersport musobaqalarini qamrab oladi, balki oddiy multipleyerli videoöyinlarni ham nazarda tutadi – ösmirlarga tunlari ularni öynaşi taqiqlanmoqda. 

Bir tomondan bunday siyosat hukumatni yoş yigitlarning videoöyinlarga qaramligidan ozod etsa, boşqa jihatdan - MOBA va MMORPĞning qonunçilik qamrovi hukumatning kibersportni xalqaro sport intizomlariga moslaştiriş rejasi bilan boğliq.

Ommaboplik sabablari

Öyin sanoatida Janubiy Koreyada kibersportning rivoji böyiça köplab taxminlar bor, ularning bari 1990-yillarga borib taqaladi. Mamlakat hukumati Osiyoda röy berayotgan iqtisodiy inqirozga javob tarzida telekommunikatsiyalar va internetni rivojlantira boşladi. Öşa yillarda multipleyerli videoöyinlar ham ommalaşdi: Doom, Quake, Starcraft – sönggi videoöyin janubiy koreyalik minglab ösmirlar örtasida favorit böldi.

Kompyuterlar hamon qimmat narsa edi, biroq kompyuter klubiga köpçilik borişi mumkin edi. Hukumat kompyuter klublarini töla moliyalaştirgan.

2000 yilda hukumat StarCraft professional öyinçilari ittifoqi - KeSPA’ni taşkil qildi. Assotsiatsiya pul mukofotlari bölgan musobaqalar ötkazgan, keyin esa kibersportçilar va reklama beruvçilar örtasidagi yirik vositaçiga aylandi.

Kibersportning rivojiga televizor orqali musobaqaning reklamasi va öyinlar translyatsiyasi turtki berdi. Hukumatning koreyalik magnatlar bilan özaro işi tufayli bu soha milliy xobbiga aylandi. 

Vaqt ötgani sari Janubiy Koreyada internet klublar yangi şaklga kirib bordi. Ular faoliyatni davom ettiriş maqsadida öyinçilarga, agarda ular klub kompyuteridan kirişsa, öyinlarda bonuslar taklif eta boşlaşdi.