Argentina poytaxti Buenos-Ayresga yaqin yerda politsiya natsistlar timsollari bölgan yirik maxfiy omborni aniqlaşdi. U Janubiy Amerika davlatida topilgan eng yirigi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Gap natsistlar bilan boğliq bölgan taxminan 75 ta buyum haqida bormoqda. Argentina hukumati taxminiça, ular Uçinçi reyxning yuqori lavozimli amaldorlariga tegişli bölgan. Topilgan narsalar orasida – fyurer Adolf Hitlerning byusti bor.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, topilgan buyumlar asldir. Bu haqda Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullriç ta'kidlab ötdi.

Ikkinçi jahon uruşidan söng Uçinçi reyxning közga köringan vakillari Lotin Amerikasi qirğoqlariga yetib borib, jinoiy ta'qibdan qoçişga muvaffaq bölişdi. Xususan, gap qirğin (xolokost) mafkurasi rahnamosi Adolf Eyxman, ştandartenfyurer Valter Rauff, Osventsimda mahbuslar ustidan tajribalar ötkazgan doktor Yozef Mengel haqida bormoqda.