Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev 2-3 iyun kunlari Andijon viloyatida bölib, joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, aholi turmuş farovonligini yuksaltiriş, iqtisodiyotda investitsiya loyihalari ijrosi bilan yaqindan tanişib, bajarilişi lozim bölgan dolzarb vazifalarni aniq körsatib ötdi.
Keça Paxtaobod tumanida viloyat va tuman taşkilotlari rahbarlari, faollar, aholi vakillari iştirokida bölib ötgan tadbirda ana şu masalalar ijrosi xususida atrofliça söz yuritildi. Oçiq muloqot şaklida taşkil etilgan yiğilişda Prezidentning davlat maslahatçisi Rustam Komilov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasi raisi Ortiqbek Yusupov, viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdilar.

Yiğilişda jinoyatçilik va huquqbuzarlikni oldini oliş böyiça tizimli iş taşkil etiş, jamoatçilikning kuçiga tayanib, nafaqat jinoyat oqibatlari bilan şuğullaniş, balki uning oldini olişni tizimli taşkil etişga töhtalib ötildi. Huquqni muhofaza qiliş organlari mutasaddilari tuman miqyosida amalga oşirilgan işlar xususida axborot berdilar.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Ahmadali Mamadaliyev viloyatda, Paxtaobodda amalga oşirilayotgan işlarni misollar asosida keltirdi.
Tumanda tibbiy xizmat sifatini yanada oşiriş, ixtisoslaşuv yöliga ötiş, sanitariya madaniyatini yuksaltiriş borasida ham hal qilinişi zarur muammolar töplanib qolgan. Ayniqsa, maqsadli, malakali, uzluksiz tibbiy xizmat takomillaştirilişi darkor.

Ilgari barçamiz muammo tuğilişi bilan viloyat şifoxonalariga şoşardik va bu turli ziddiyatlarni keltirib çiqarar edi. Endi xoh markazda, xoh qişloqda bölsin, tibbiyot muassasalarini zamonaviy loyihalar va jihozlar bilan ta'minlaş orqali muammolarga yeçim topilyapti. Tumanning özida hozir 23 turdagi dori-darmon tayyorlanmoqda. Biroq, umumiy amaliyot va tor mutaxassisliklar böyiça 28 nafar şifokor yetişmaydi. Andijon davlat tibbiyot instituti bitiruvçilarini Paxtaobodga kelib iş boşlaşlari uçun nima tösqinlik qilyapti?

Viloyat boş imom xatibi Nuriddin Holiqnazarov yoşlar tarbiyasidagi muammolar xususida söz yuritib, imom xatiblarimiz aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlar örtasida diniy ekstremizm, terrorizm hamda diniy mutaassiblikning oldini oliş yuzasidan tizimli iş qanday taşkil etilayotgani haqida gapirdi.




















