«Interfutbol» naşri Özbekiston terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Rauf Inileyevdan terma jamoaning sönggi natijalar haqidagi fikrlarini sörab, intervyu oldi.
Naşr quyidagi savollar bilan murojaat qilgan:
1. Eron - Özbekiston öyini haqidagi umumiy fikrlar.
2. Özbekiston terma jamoasi Tehronda ötgan avvalgi bahsda Eronni mağlub etgan edi. Bu safar nima özgardi - Özbekiston kuçsizlandimi yoki Eron kuçayganmi?
3. Samvel Babayan ayni vaqtdagi tarkibni özbek futboli tarixidagi eng kuçlisi, deb aytgan edi. Ammo Eronga qarşi keçgan bahsda özbek futboli tarixidagi eng kuçsiz jamoa maydonga tuşdi, degan fikrga qöşilasizmi?
Rauf Inileyevning javoblari:
1. Eron - Özbekiston öyinidan qolgan taassurot hammada bir xil bölsa kerak. Uçraşuv bunday ötişini kutmagandik. Terma jamoa butun öyin davomida kerak bölganidek harakat qila olmadi va mağlubiyatga uçradi. Eng yomoni - Özbekiston terma jamoasida gol uriş uçun vaziyatlar ham bölmadi. Mana şunisi eng katta muammo. Futbolçilarimiz biror marta darvoza tomon aniq zarba bera olişmadi. Bu uçraşuvda nafaqat ğalaba, balki durang uçun ham imkoniyat yöq edi. Raqib har tomonlama öyinni nazorat qilib, haqli ğalabaga erişdi.
2. Eron termasi bilan safarda bölib ötgan avvalgi uçraşuvdan buyon köp narsalar özgardi. Eng avvalo, raqib tarkibida kuçli futbolçilar soni yanada köpayganini aytiş lozim. Eron jamoasida Yevropada töp suradigan kuçli ijroçilar har doim bölgan. Hozirgi tarkib ham bundan mustasno emas. Oddiy misol, Sardor Azmunni oladigan bölsak, u yoş bölişiga qaramay, hujum çiziğida yetakçiga aylanib ulgurgan. Boz ustiga, Eron termasi özi uçun kerakli taktikani ham yaxşi özlaştirgan.
Forslar butun uçraşuv davomida himoyada ham, hujumda ham birdek samarali harakat qilişdi. Raqibning öyini vertikal asosga qurilgan edi, ya'ni töp egallab olingani hamono darhol hujumga ötildi va xavfli vaziyatlar sodir etildi. Eronliklar köp vaziyatlardan foydalana olişmadi, aks holda, hisob yanada yirikroq köriniş olişi ham heç gap emasdi. Özbekiston terma jamoasi esa har doim kuçli yarim himoyasi bilan tanilib kelgan.
Köpinça himoya va hujumdagi muammolar aynan örta çiziqdagi iqtidorli futbolçilar tufayli bartaraf etib kelingan. Ammo Eron bilan bölgan öyinda aynan şu ustunlikni yöqotganimiz körinib qoldi. Nafaqat hujum va himoya, balki yarim himoyada ham raqibga imkoniyatni batamom boy berdik. Darvoza tomon birorta zarba yöllanmadi. Bu ham yarim himoyadagi muammolar sabab kelib çiqdi, oldinga aniq uzatilgan töpni körmadik.

















