Duşanbe şahrida “Ravon” markali özbek yengil avtomaşinalarini sotiş böyiça markaz quriladi. Bu haqda Asia-Plus ma'lum qildi.
Duşanbega bugun ikki kunlik taşrif bilan kelgan Özbekiston boş vaziri örinbosari Uluğbek Röziqulov tojik hukumatining yuqori lavozimli mansabdor şaxslari bilan bölajak obekt quriladigan joyga boradi.
Bundan taşqari, tarkibida turli vazirlik va taşkilotlarning 17 vakili hamda 40 ga yaqin tadbirkorlar örin olgan Özbekiston hukumati delegatsiyasi Duşanbeda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va boşqa sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama etadi.
Kutilişiça, Özbekiston boş vaziri örinbosari Tojikiston boş vaziri birinçi örinbosari Davlatali Said va Duşanbe hokimi Rustam Imomali bilan uçraşadi.

















