Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev boşçiligida mamlakatimiz sud-huquq tizimini liberallaştirişga qaratilgan kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Prezidentimizning “Özbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni hamda “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”, “Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”, “Sudlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga, “Özbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xöjalik protsessual kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi, “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida”gi kabi qator Qonunlarning qisqa vaqt içida qabul qilinganligi fikrimiz tasdiğidir. 

Mazkur huquqiy hujjatlar sohada ulkan özgarişlar yasalişiga mustahkam asos bölişi, şubhasiz. Ammo sud-huquq tizimida hali ham özibölarçilik, fuqarolarni sarson qiliş, poraxörlik kabi kamçilik va jinoyatlar töla barham topmaganligini hayotning özi körsatib turibdi. Jumladan, bu töğrida mamlakatimiz rahbari joriy yilning 13 iyun kuni Toşkent şahrida sud organlari tizimida odil sudlovni ta'minlaş borasidagi işlarning ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişida ta'kidlab ötdi.

Sangzor.uz saytida “Jizzax haqiqati” gazetasining maxsus muxbiri Alijon Abdusattorov tomonidan e'lon qilingan maqolada esa mazkur islohotlarga qarşi ölaroq joylardagi sansolarlik, byurokratizm va rahbarlar tomonidan döq-pöpisali xatti-harakatlar tilga olingan. Mazkur maqola quyidagi mazmunga ega:   

“Prezidentimiz aniq misollar orqali sudlar tomonidan yöl qöyilayotgan kamçiliklar va qonunbuzarliklar haqida batafsil ma'lumot beriş asnosida qonunbuzilişlarga nisbatan keskin çoralar körilajagini va sud tizimi tomonidan yöl qöyilgan har bir adolatsizlik davlatga xiyonat ekanligini bildirdi. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti tizimini prokuratura organlari ixtiyoriga ötkazişga doir töxtam ham Yurtboşimizning bu boradagi vaziyatdan, xalqimiz hayotidan teran xabardor ekanligini körsatib turibdi.

Şu örinda mavzuga doir bir voqea haqida sözlab berişga ruxsat etsangiz. Oçiği, dastlab mazkur mavzuda yozişga ikkilandim, ammo Prezidentimizning odil sudlov orqali inson manfaatlarini ta'minlaş töğrisida kuyunçaklik bilan bildirgan fikrlari meni qalam tutişga undadi. Ikkalanişim sabablarini ham quyiroqda bilib olasiz.