Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda mergan IShID jangarisini qariyb 3 yarim ming metr masofadan o‘q uzib o‘ldirdi
Kanadaning nufuzli qurolli kuchlari mergani kishini o‘q uzib o‘ldirish mumkin bo‘lgan masofa bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Shu tariqa, harbiylardan biri IShIDning ikki jangarisini Iroqda 3450 metr masofadan o‘q uzib o‘ldirgan. Mo‘ljalni aniq nishonga olish uchun o‘n soniya talab etilgan, xolos, deb xabar bermoqda The Globe and Mail.
"Tinch aholining hayotiga zomin bo‘lishi mumkin bombalarga qaraganda, biz merganlardan foydalanmoqdamiz. Jangarilar shunday masofadan hattoki nima bo‘layotganini ham tushunishmaydi", - degan harbiy manba.
O‘q yirik kalibrli McMillan TAC-50’dan uzilgan. Manba so‘zlariga ko‘ra, ma'lumot hali tekshirilmoqda, biroq, aftidan, bu yangi jahon rekordi.
Birlashgan tezkor guruh (Joint Task Force) asosan terrorchilikka qarshi amaliyotlarda ishtirok etadi. Bu nufuzli bo‘lim haqida ma'lumotlar sir saqlanadi, Kanada hukumati ham, Milliy mudofaa vazirligi ham bo‘linma imkoniyatlari, tuzilmasi va missiyalari haqida izoh bermaydi.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026