Samarqand şahri hokimi Vohid Rahimov jurnalistlar bilan ötkazilgan matbuot anjumanida şahardagi yöllarning kelajakdagi körinişlari va şaharda barpo etilişi rejalaştirilayotgan köprik hamda yöl ötkazgiçlar haqida ma'lumot berib ötdi.
Rejalaştirilayotgan yöl quriliş işlari va rekonstruksiya qiliş va köçalarni kengaytiriş — barçasi şaharda transport yuklamasini tartibga soliş uçun amalga oşirilayotganini şahar hokimi alohida ta'kidlab ötdi.
Şahardagi şartli ravişda G-34 deb ataluvçi köça qurilişining 3-bosqiçiga doir, uni Sadriddin Ayniy köçasi bilan tutaştiruvçi 920 metr uzunlikdagi yöl qurilişi davom ettirilişi prezidentning viloyatimizga taşrifi davomida bergan topşiriqlaridan biri edi, dedi şahar hokimi.
Mazkur quriliş va obodonçilik işlari yuzasidan tegişli hujjatlar tayyorlanib, 920 metr uzunlikdagi yöl qurilişini davom ettiriş uçun hozirgi kunda Sadriddin Ayniy köçasigaça qadar oraliqda yaşaydigan aholi uy-joylarida muhandislik-dala qidiruv işlari amalga oşirilmoqda. Uşbu yöl böyiça «Yöl loyiha byurosi» MÇJ hamda uning Samarqand filialiga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaş uçun murojaat etilgan.
Uşbu yönalişda 43 ta turar-joy buziladi, ulardan 23 tasi töliq va 20 tasi qisman. Uy joylari buzilayotgan fuqarolarga 6 milliard söm kompensatsiya berilmoqda. Uy egalarining xalq bankida oçilgan hisob raqamiga mablağlar ötkazib berilmoqda, dedi şahar hokimi.
Şuningdek, Samarqand şahrining bir qator köçalarida keyingi yillarda yöl quriliş-ta'mirlaş uişlarini amalga oşiriş böyiça takliflar bildirilgan edi, dedi şahar hokimi.
Jumladan,
- Siyob bozoridan Rödakiy köçasi orqali Beruniy köçasigaça 5 km yölni kapital ta'mirlaş;
- Beruniy va Ibn Xoldun köçasi orqali turar joy va turar joy bölmagan binolarni köçiriş orqali 4R-46 avtomobil yöligaça 1 km yangi yöl quriş,
- Dahbed köçasidan M37 avtomobil yölining Samarqand tumanidagi hududigaça Toşkent şahridagi Nurafşon köçasi namunasida rekonstruksiya qiliş,
- Şohi Zinda köçasidan Hujum köçasi orqali Al-Moturudiy majmuasigaça keng yöl quriş belgilangan.
Şu kungaça mazkur loyihalar asosida Siyob bozoridan Rödakiy köçasi orqali Beruniy köçasigaça 5 km yölni kapital ta'mirlaş, Beruniy köçasidan Ibn Xoldun köçasi orqali 4R-46 yöligaça yangi yöl quriş böyiça tegişli qarorlar çiqarildi. Işçi guruhlari tomonidan yangi yöl qurilişi hududiga tuşgan va buzilişi lozim bölgan 52 ta turar va noturar joy obekti xatlovdan ötkazildi, dedi şahar hokimi V.Rahimov.



















