Toşkent şahrida joylaşgan “Mirzo Yusuf” jome masjidida 21 iyun, Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga ötar keçasida ming oydan yaxşiroq hisoblangan Laylatul Qadr keçasi kutib olindi.
Taroveh namozi öqilib, Qur'oni karim xatmonasi yakunlandi. Qorilar tomonidan çiroyli va manzur duolar qilindi. Qöşimça ibodatlar, zikrlar va duolar qiliş boşlandi. Masjidga taşrif buyurgan ulamolar Allohdan yurtga tinçlik-xotirjamlik, oilalarga baraka va yaxşilik hamda ikki dunyo saodatini tilab, qöllarini duoga oçişdi.


Masjid imom-xatibi Rahmatulloh Sayfiddinov va Toşkent şahar boş imom xatibi Anvar qori Tursunov gözal mavzularda ma'ruza qilib, Laylatul Qadrning fazilatlari va bu keçada bajarilajak amallar xususida töxtalib ötişdi. “Mirzo Yusuf” jome masjidiga savob umidida taşrif buyurgan odamlar ham qöllarini duoga oçib, Allohdan ezgu niyatlarini amalga oşirişni söraşdi.



Laylatul qadr keçasini sokinlik, yaxşilik va fayzli keça bölişi haqida Payğambarimiz (s.a.v)dan bir qator hadislar mavjud. Ana şu hadislarda tilga olingan alomatlarni, fayz va sokinlikni şu kuni “Mirzo Yusuf” jome masjidida köriş mumkin edi.





































