“Laylatul Qadr” – “belgilaş keçasi” degan ma’noni beradi. Yil davomida qilinadigan turli amallar, hukm, topiladigan rizq, bir söz bilan aytganda taqdir belgilanadigan keçadir.

Bu keça haqida Alloh taolo: «… ming oydan yaxşiroqdir» (Qadr surasi, 3-oyat) deb marhamat qilgan. 1000 oy – salkam 84 yilga teng. 84 yil – 30 ming kunga teng.

Laylatul Qadr keçasi qaçon böladi?

Abul Oliya roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Bir a’robiy sevikli Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, “Qadr keçasi qaçon böladi?” deb söradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr keçasini Ramazonning ilk va eng sönggi hamda toq keçalaridan izlanglar!” dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Onamiz Oişa roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qadr keçasini Ramazon oyining oxirgi ön kunligidan qidiringlar”, (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati) deganlar.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qadr keçasi borasida: “U 27-yoki 29-keçadir. Uşbu keça yerda fariştalar soni mayda toşlardan ham köp böladi”, dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Bu keçaning qanday alomatlari bor?

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “U oçiq, issiq ham, sovuq ham bölmagan keça. Uning tongida quyoş qizğiş, zaif bölib çiqadi”, (Ibn Xuzayma rivoyati) dedilar.

Bu keça Alloh taoloning amri bilan fariştalar har bir osmondan va “Sidratul muntaho”dan (ya’ni, Jabroil alayhissalom maskanidan) yerga tuşadi, tong otgunça insonlar haqiga duo qiladi. Qur’oni karimda bunday deyiladi: