Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari Qatardan Eron bilan aloqalarni uzishni talab qilishmoqda
Qatar bilan aloqalarni uzgan arab davlatlari Qatarga aloqalar yana normallashishi uchun bajarishi kerak bo‘lgan talablar ro‘yxatini topshirdi. Arab davlatlari Qatar Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishini va o‘z hududidagi turk bazasini yopishini istashmoqda.
Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Qatardan shuningdek "Al-Jazeera" telekanali yopilishi talab qilinmoqda.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, Kuvayt Qatarga 4 ta arab davlati talablari ro‘yxatini taqdim qilgan, biroq ro‘yxatdagi talablar haqida hech qanday ma'lumotlar berilmagandi.
5 iyunda Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan dimplomatik aloqalarni uzishlarini e'lon qilganlar. Keyinroq bu davlatlarga Liviya hukumati, Yaman, Maldiv, Mavritaniya va Komor orollari qo‘shilgandi.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
00:49 / 14.06.2026