Lenovo kompaniyasida kelajak materiallaridan yaratiladigan noutbuklar bukiluvçi böladi, deb hisoblanmoqda. Xitoy kompaniyasi bunday qurilma kontseptini namoyiş qildi, deb xabar bermoqda Engadget portali.

AQŞda kompaniyaning matbuot va hamkorlar uçun ötgan tadbirida yangi qurilmaning özi namoyiş qilinmadi, uning örniga uning kompyuterdagi tasvirlari bilan çeklanib qolindi. Ilğor materiallardan tayyorlanadigan xayoliy noutbuk internetga doimiy ravişda ulangan böladi, unda "yangi ekran texnologiyalari"dan foydalaniladi va u bilan "gaplaşiş" mumkin böladi.

Suratda noutbuk buklangan holatda tasvirlangan bölib, körinişiça, u Microsoft’ning Surface Book noutbugi kabi bukiladi. Noutbukka taçpad ilova qilinmaydi, biroq uning ekranida yoziş mumkin böladi.

Lenovo muhandislarining ğoyasi hayotga tatbiq qilinişiga hali ança vaqt borga öxşaydi, yöqsa gap mavhum materiallar va texnologiyalar haqida ketmasdi.