Keça Özbekiston Oliy ligasining 15-turidan örin olgan «Obod» hamda «Paxtakor» jamoalari örtasidagi uçraşuv yakunlandi.

Unda Şota Arveladze qöl ostiga ötgan «Paxtakor» klubi safarda ğalaba qozondi. Qayd etib ötiş joizki, Arveladze «Paxtakor»da 1 iyuldan rasman iş boşlaydi. Uşbu uçraşuvga «paxtakorçilar»ni Jasur Abduraimov murabbiy sifatida boşlab tuşdi.

Uçraşuvda, Sergeyev dubl kiritgan bölsa, Jasur Hakimov va Sa'dillayev bir marotabadan «Obod» darvozasini işğol qilişdi.

Mezbonlardan Ismoilov yagona javob töpini qaytarişga erişdi.

Keskin ötgan «Toşkent» derbisisida «Paxtakor»ning qöli baland keldi va joriy çempionatda ilk marta safarda ğalaba qozonişni uddaladi.

Oliy liga, 15-tur

«OBOD» - «PAXTAKOR» 1:4 (0:1)

Gollar: Sergeyev, 32-pen - 0:1. Hakimov, 51 - 0:2. Sergeyev, 61 - 0:3. Ismoilov, 67 - 1:3. Sa'dillayev, 90 - 1:4.

24 iyun. Toşkent. "Jar" stadioni.

Hakamlar: I.Tantaşev (Buxoro) – 8,5, A.Tsapenko (Toşkent vil.) – 8,6, R. Nuğmonov (Toşkent) – 8,3, F. Narsafarov (Qarşi) - 9

Nazoratçi: S.Najafaliyev.

Ogohlantirişlar: Azim Ahmedov, 36. Hoşimov, 54. Yusupov, 77.

"Obod": Azamat Ahmedov, Husainov, Ğofurov, Umirov, Jalilov, Hasanov, Solomin (Bikmaykin, 68), Ermatov, Norxonov, Qahhorov (Ismoilov, 55), Jasurxöja (Vasilev, 46).

"Paxtakor": Lobanov, Alijonov, Kozak, Ismatullayev, Hoşimov (Avilov, 63), Azim Ahmedov, Karimov, Yusupov, Sergeyev, Nurullayev (Sa'dillayev 86), Hakimov (Ibrohimov, 74).

Bugun Oliy liga birinçi davrasining sönggi turidan örin olgan yana yettita uçraşuv ötkaziladi.

19:00 «Qizilqum» - «Şörtan»