Kun.uz’ning “Ramazon tuhfasi” loyihasi doirasida din ulamolari bilan olib borilayotgan fayzli suhbatlarni davom ettirgan holda galdagi mehmonimiz Toşkent şahridagi "Novza" jome masjidi imom-xatibi Jaloliddin qori Hamroqulov böldi.
Biz u kişi bilan xayr-ehson va saxovat, bu işlar orqali keladigan uluğ savoblar haqida suhbatlaşdik.
“Saxovat mavzusi bugunning dolzarb mavzusidir. Buning öziga xos sabablari mavjud. Biz xayr-ehson va saxovat tuşunçalarini juda tor ma'noda anglaydigan bölib qolganmiz. Xususan, moddiy ma'noda, ya'ni “puli tölib-toşib ketgan odam saxovat qilişi kerak-da”, degan notöğri tuşunçaga ba'zi odamlar tuşib qolmoqda. Aslida, dinimizda bu tuşunçalarning asl mohiyati özgaça tuşuntiriladi.
Birinçidan, “saxovat” sözining luğaviy ma'nosiga e'tibor qaratadigan bölsak, u “saxiylik”, “jömardlik”, “oliyjanoblik”, “himmatlilik” degan ma'nolarni özida mujassam etgan. E'tibor berib qaralsa, bu tuşunçalarning barçasi inson tomonidan sodir etiladigan xatti-harakatlarda mujassamlaşgan.

Saxovatli bölişga Payğambarimiz (s.a.v)ning özlari yorqin namuna böla oladilar. U kişi dini, irqi, millati, umuman kelib çiqişidan qat'i nazar, odamlarga doim mehr-muruvvatli va xayr-saxovatli bölganlar.
Saxovat odoblariga kiradigan amallardan biri şuki, u avvalo ahli oilaga, söngra esa qarindoş-uruğ va qöni-qöşniga qilinadi. Söngra boşqa odamlarga beriladi. Şuning uçun bizning Xanafiy mazhabimizda Ramazon oyida qilinadigan zakot beriş ibodati ham birinçi unga ehtiyoji bor qarindoşlardan boşlanadi.
Jaloliddin qori Hamroqulov bilan bölib ötgan suhbat jarayonida saxovat qilişda amal qilinadigan odoblar, bu borada Payğambarimiz (s.a.v) hadislari sözlandi, ulardan zarur örnak olindi.















