Ispaniyaning Alikante-Elçe aeroporti hududida Airbus A320 yölovçi samolyoti va Peugeot 207 hetçbeki iştirokida köngilsiz hodisa yuz berdi. Daily Mail’ning xabar berişiça, avtomobil Vueling aviakompaniyasi layneriga uçiş yölagiga qayriliş çoğida xalaqit bergan.
Bortida 153 yölovçi bölgan samolyot Rimga reysni amalga oşirişi kerak edi, biroq töxtatib qöyilgan avtomobilga kelib urilgan va dvigatellaridan biriga zarar yetkazgan. Hodisa natijasida heç kim jabrlanmadi.
Yölovçilar samolyotdan olindi, ularning bari yetti soatdan söng boşqa reys bilan uçib ketişgan.
Vueling kompaniyasi uzr söradi. Uçuvçilar esa samolyotlar yonida umuman turişi kerak bölmagan maşinani körişmagan.

Avtomobilni uçiş-qöniş yölagida qoldirgan kişi jiddiy jarimaga tortiladi. Ehtimol, u samolyotga yetkazilgan zararni qoplab berişi lozim böladi.

















