Şahzoda Uilyam va Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Devid Kemeron futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionatini Angliya olişga urinişi bilan boğliq korruptsion mojaro markazida qoldilar, deb xabar bermoqda Daily Telegraph naşri. 27 iyunda çop etilgan, 2018 va 2022 yillardagi jahon çempionati mezbon davlatlarini tanlaş böyiça hisobotga köra, Kemeron va şahzoda Uilyam 2018 yilgi jahon çempionati mezbon davlatini tanlaşda Angliya va Janubiy Koreya örtasida ovozlar ayirboşlaş böyiça bitim muhokama qilingan uçraşuvda iştirok etişgan.
Ingliz futbol amaldorlari ovoz berişda Angliyaga yordam berişi mumkin bölgan FIFA vakilining qiroliça Yelizaveta II bilan uçraşişi imkoniyatini muhokama qilişgan.
Naşrning ma'lum qilişiça, FIFA axloq qömitasi tergov palatasi boşliği Maykl Garsiya tomondan tayyorlangan hisobotda Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Janubiy Koreya delegatsiyasidan Angliya arizasiga ovoz berişni söragan. Angliya esa bunga javoban Janubiy Koreyaning 2022 yilgi jahon çempionatini ötkaziş arizasiga ovoz berişi kerak bölgan.
Hisobotga köra, bunday ovozlar almaşiş "maxfiy til biriktirişni taqiqlaş haqidagi qoida"ning buzilişi bölar edi, deb yozmoqda naşr.

















