Dunyo böylab köplab kompaniyalarga hujum qilgan tovlamaçi virus Petya, avvalgi keng kölamli hujumdagi xakerlik vositasi - WannaCry virusidan ança kuçliroq, deb yozmoqda Forbes jurnali tahlilçisi Tomas Foks-Bryuster.

Petya virusi xakerlik hujumi Rossiya va Ukrainaning neft, telekommunikatsiya va moliyaviy kompaniyalariga zarar yetkazdi, şuningdek, zararli DT Polşa va AQŞgaça yetib bordi. May oyida jinoyatçilar WannaCry yordamida 150 davlatdan bölgan 200 mingdan ortiq foydalanuvçiga hujum qilgandi.

Kiberxavfsizlik böyiça ekspertlar taxminiça, yangi hujumda AQŞ milliy xavfsizlik agentligi tomonidan yaratilgan Eternal Blue avvalgi hujumi vositasidan foydalanilgan.

Mutaxassislar Petya nomli virusning turli modifikatsiyalari haqida avvaldan bilişgan. Yangi virus, garçi ma'lum vositalardan foydalansa ham, şunga öxşaş dasturlardan katta farq bilan ajralib turadi va mutaxassislar tomonidan alohida hodisa sifatida baholanmoqda. Şuning uçun uni NotPetya deb ataş örinli bölardi, deya yozadi tahlilçi.

Masalan, Eternal Blue ekspoliti virusga Windows tarmoq protokolidagi kamçiliklar tufayli tarqaş imkonini bergan, yangi virus esa boşqa yöldan bormoqda. MXA sobiq tahlilçisi Devid Kennedining sözlariga köra, tovlamaçi xotira yoki lokal fayl tizimidan maxfiy sözlarni oladi va ular yordamida boşqa tizimlarga ötadi. NotPetya hattoki PsExec masofadan boşqariş dasturi yordamida ham tarqaladi: masalan, agarda zararlangan kompyuter ma'muri tarmoqqa kira olsa, bu tarmoqdagi har bir ŞKga zarar yetişi mumkin.

"Ehtimol, bu xavfli kombinatsiya virus nima uçun bunçalik tez va köp yerda tarqalganini tuşuntirib beradi. Unga tarmoqqa kiriş uçun bitta himoyasiz kompyuter kerak, xolos", - deya hisoblaydi ESET viruslarga qarşi kompaniyasi xodimi Robert Lipovski.

Bundan taşqari, virus yangi dasturiy tizimlar örnatilgan kompyuterlarni ham zararlaşi mumkin – masalan, Windows 10. Tahlilçining aytişiça, WannaCry esa ança eski versiyalarga kirib olişning uddasidan çiqqandi.