Xalqaro Press-klubning 28 iyun kuni bölib ötgan navbatdagi sessiyasi tabiiy resurslarni asraş, tejaş, kommunal tölovlar madaniyati kabi mavzularga bağişlandi. Unda iştirok etgan Toşkent şahar boş imom xatibi Anvar qori Tursunov tabiiy resurslarimizni tejaş, ularni isrof qilmaslik borasida şunday fikrlar bildirdi:

"Biliş bor, anglaş bor. "Suvni isrof qilmaslik kerak" degan gapni eşitdik, bu - biliş. Ammo anglaş - oğir jarayon. Alloh taolo Qur'oni Karimda "Har bir narsani miqdor bilan yaratdim va ne'matlarni siz uçun yaratdim" deydi. Biz bu masalada avlodlarimizning merosiga murojaat qilişimiz kerak. 

Muqaddas kitobimizda şunday oyat bor: "Yenglar, içinglar, isrof qilmanglar, isrof qilganlarni yomon köraman, men unga ğazab qilaman, duosini qabul qilmayman, uning uyida baraka bölmaydi". 

Yana bir oyatda esa şunday deyiladi: "Isrof qiluvçilar - şaytonning hamtovoqlari". Biz Imom Buxoriy, Nasafiy, Termiziylarning avlodlarimiz. Şu bois bularni bilişdan taşqari yana anglab yetişimiz kerak. 

Isrof - öşa ne'matga tajovuz qiliş degani. Qorning töq bölib turib, taom yesang, bu ham isrof. Bundan taşqari, suv isrofgarçiligi degan tuşunça mavjud. 

"Dengizning yonida tursang ham suvni isrof qilmagin", degan gap bor. Hatto tahoratga ham ulamolarimiz suv miqdorini yarim litr deb belgilab berişgan. Biz bu narsalarni tuşunib yetişimiz kerak. 

Hazrat Naqşbanddan söraşdi: "Qanday qilib avliyo böldingiz? Ollohga döst tutindingiz?". U kişi Haj amalini ado etganlar, ibodat qilganlar, lekin "şuning ketidan avliyo böldim" demadilar. "Men dasturxondagi non uşoğini tejadim va suvni isrof qilmadim va şu bilan avliyo böldim".

"Haloliga hisob bor, haromiga azob bor", deydi ulamolarimiz. Halol pul topdik mana, şu pulni quda çaqiriqqa işlatdikmi yo gazga töladikmi? Har bir qatra suv va nur uçun Alloh oldida javob beriladi. Birgina nurni yetkaziş uçun qança odam mehnat qiladi, buning haqqini tölamaslik - öğrilik.

Inson nafsini tiya olmasligi natijasida isrof yuzaga keladi. Masalan, bir uyda çiroq yoqiğliq, narigi uyda ham odam bölmasa-da çiroqni yoqib qöyamiz. 

Prezidentimiz heç kim qilmagan işni qildilar -  Möynoqqa suv bordi. Öşa Orol ham isrof tufayli quridi. Alloh aytadi: "Isrof qilsangiz, men azoblayman". Şu Orol suvidan noörin foydalaniş natijasida qança kasalliklar, qança muammolar kelib çiqdi. Suvni tejamasak, uni hammaga yetkaziş qiyin böladi. Inson mas'uliyatni vijdonan his qilişi kerak.