Greenpeace taşkiloti iFixit bilan hamkorlikda ötkazgan tadqiqotiga köra, Apple, Samsung va Microsoft kompaniyalari mahsulotlari ta'mirlaş imkoni eng kam bölgan gadjyetlardir. Greenpeace saytida ma'lum qilinişiça, ta'mirlaşning ilojsizligi gadjyetning akkumulyator kabi elementlari utilizatsiyasi jarayonini qiyinlaştiradi. Bu esa, öz örnida, elektron çiqindilarning köpayişiga olib keladi.
Tadqiqot davomida Greenpeace va iFixit 17 IT-kompaniya mahsulotlari tahlilini ötkazdi - Apple, Dell, Fairphone, Samsung hamda Microsoft kabi gigantlar şular jumlasidandir. Unda 40 tadan ortiq qurilmalar modellari, jumladan Samsung Galaxy S8 va Apple Retina MacBook ham örganib çiqildi. Qurilmalarning 70 foizida yo batareyani çiqarişning haddan ziyod qiyinligi, yoki dizaynning öziga xosligi ta'mirga tösqinlik qiladi.
"Bu gadjyetning xizmat muddati qisqarişiga olib keladi va ular şunçaki navbatdagi elektron çiqindiga aylanadi, - deydi Greenpeace'ning IT-sektori tahlilçisi Harri Kuk. - Apple, Samsung va Microsoft kompaniyalarining foydalanuvçi tomonidan ta'mirlaşi juda qiyin bölgan mahsulotlari soni sezilarli darajada oşib bormoqda".
Köpinça zamonaviy qurilmalarni ta'mirlaşga nostandart va noyob jihozlar kerak böladi, bu iPhone, Oppo R9m va Huawei's P9 kabi qurilmalar ta'mirini qiyinlaştiradi. Bularning barçasi oxir-oqibat gadjyet muddatining qisqarişiga olib keladi. Smartfon egasi uni taşlab yuborib, yangisini xarid qiladi. Elektronikani işlab çiqariş va utilizatsiya qiliş esa juda köp energiya talab qiladi.
"Işlab çiqaruvçilar har yili milliardlab gadjyetlarni taqdim etişadi, iste'molçilar esa ulardan atigi bir neça yilgina foydalanişadi. Elektron çiqindi - sayyoramizda eng tez ösayotgan çiqindi oqimlaridan biri", - dedi iFixit boş direktori Kayl Vines.
Şuningdek ma'lumotda ta'kidlanişiça, örganilgan modellar orasida ta'mirlaş qiyinçilik tuğdirmaydigan qurilmalar ham mavjud. Xususan, bunga misol sifatida HP, Dell va Fairphone kompaniyalari smartfonlari keltirilgan - bu kompaniyalar ta'mir böyiça qöllanmalarni taqdim etadi hamda ehtiyot qismlarini oçiq sotadi. Eng ta'mirlaş oson bölgan gadjyetlar sifatida Fairphone 2, LG G4 va G5 hamda HP Elite x2 1012 G1 qayd etildi.

















