Rossiya aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohalaridagi nazorat federal agentligi («Roskomnadzor») Telegram messenjerini Rossiyada röyxatdan ötkazadi. Bu haqda agentlik rahbari Aleksandr Jarov ma'lum qilgan.
Şu tariqa Telegram Rossiya hududida huquqiy asosda faoliyat yurita boşlaydi.
«Bu bosqiçda Telegram qonun böyiça barça talablarni bajaradi. Yaqin vaqt içida messenjer reyestrga kiritiladi. Şu tariqa Telegram Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy işlay boşlaydi. Boşqa xalqaro kommunikatsion servizlar ham şunday yöl tutişi kerak. Rossiya qonunlariga barça kompaniyalar amal qilişi kerak», — degan Aleksandr Jarov.
Ötgan haftada Aleksandr Jarov Telegram jamoasi va şaxsan Durovni Rossiya qonunçiligi talablariga rioya etiş hamda muassasaga ma'lumot tarqatuvçilar reyestriga kiritiş uçun ma'lumot berişga çaqirgandi. Jarov aks holda messenjer Rossiya hududida tösib qöyilişidan ogohlantirgandi.
Biroz oldinroq Telegram asosçisi Pavel Durov messenjer «Roskomnadzor» reyestriga kiritilişiga roziligini ma'lum qilgandi. Şu bilan birga u Telegram jamoasi «Yarovaya qonuni»ni (foydalanuvçilarning ma'lumotlarini taqdim etişni talab qilişga qaratilgan) bajarmasligini qöşimça qildi.












