Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qömitasi barçani oçiq muloqotga çaqiradi. 1 iyul şanba kuni soat 10:00dan 12:00gaça Qömitaning raisi Abduşukur Abdullayev bilan birinçi bor töğridan-töğri videokonferensiya orqali aloqa ötkaziladi.

Qömita jamoasi aholini özlarini qiziqtirgan savollar, şikoyat va takliflar bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmalariga faol murojaat qilişga çaqiradi.

Sizda yer va kadastr bilan boğliq yeçilmagan yoki yeçimini kutayotgan masalalarning barçasini şu kuni erkin muhokamaga qöyiş imkoniyati bor.

Videokonferensiya aloqa quyidagi manzillarda ötkaziladi:

Andijon viloyati: Andijon şahri, A.Temur köçasi.
Buxoro viloyati: Buxoro şahri, I. Möminov köçasi, 4-uy.
Jizzax viloyati: Jizzax şahri, Ş. Raşidov köçasi, 63-uy.
Qaşqadaryo viloyati: Qarşi şahri, Nasaf köçasi, 1A-uy.
Navoiy viloyati: Navoiy şahri, Ma'rifat köçasi, 8-uy.
Namangan viloyati: Namangan şahri, Xiva köçasi, 3-uy.
Samarqand viloyati: Samarqand şahri, Gulobod köçasi, 56A-uy.
Sirdaryo viloyati: Guliston şahri, Guliston köçasi, 2A-uy.
Surxondaryo viloyati: Termiz şahri, M.Qahhor köçasi, 10-uy.
Toşkent viloyati: Zangiota tumani, Eşonguzar qörğoni, Mustaqillik köçasi, 23-uy.
Farğona viloyati: Farğona şahri, Al-Farğoniy köçasi, 73-uy.
Xorazm viloyati: Urganç şahri, Xonqa köçasi, 62-uy.
Qoraqalpoğiston Respublikasi: Nukus şahri, Törtköl guzari, 121-uy.
Toşkent şahri: Şayxontohur tumani, Navoiy köçasi, 2A-uy.

Unda iştirok etiş uçun, şuningdek, 10-97 telefon raqamiga qönğiroq qilişingiz mumkin.