Bugun, 20 avgust kuni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligida oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş, tizimga zamonaviy menejment va marketingni joriy qiliş orqali sohani rivojlantiriş va boşqa dolzarb masalalar muhokamasiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud ehtiyojdan kelib çiqqan holda oliy ta'lim muassasalarining filiallarini taşkil etiş, kadrlar tayyorlaşning zamonaviy ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklarini yölga qöyiş zarurligi qayd etildi.

Oliy ta'lim muassasalari boşqaruvini takomillaştiriş, yangi mutaxassislik va yönalişlarni taşkil etiş borasida ular oldida turgan vazifalar hamda tizimga zamonaviy menejment va marketingni keng joriy qiliş orqali oliy ta'lim muassasalarini tom ma'noda ta'lim markaziga aylantiriş vazifalari muhokama qilindi.
Bundan taşqari, ta'lim sifatini zamon talablari darajasida taşkil etiş, öquv jarayoniga innovatsion ilğor tajriba va öqitiş metodlarini joriy etiş, yangi ta'lim xizmatlarini joriy orqali xorijiy fuqarolarni respublika oliy ta'lim muassasalariga jalb etiş böyiça ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Bunda oliy ta'lim muassasalariga öz yönalişi böyiça dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, fakultet va dasturlarni amalga oşiriş, özaro tajriba almaşiş, birgalikda ilmiy faoliyat yuritiş borasida faoliyatni takomillaştiriş zarurligi qayd etildi.
Videokonferensiya tarzida ötkazilgan yiğilişda boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, filiallar direktorlari iştirok etdi.
















