Videokonferensaloqa şaklida ötgan yiğilişda turli yönalişlarda saqlanib qolayotgan korrupsiya holatlari, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining kelgusi faoliyat yönalişlari, buyurokratik tösiqlarni bartaraf qiliş va yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş masalalari muhokama qilindi.
Unda şuningdek, Milliy kengaş nizomi loyihasi, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2025 yillarga möljallangan milliy strategiya va Milliy strategiya doirasida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022 yillarga möljallangan davlat dasturi loyihalarini işlab çiqiş masalalari ham körib çiqildi.
Tanzila Norboyeva: «SEOMlardagi kabi korrupsiya holatlari xalqimizning davlatga bölgan işonçi sönişiga olib kelişi mumkin»
Yiğilişni olib borgan Oliy Majlis Senati hamda Milliy komissiya raisi Tanzila Norboyevaga köra, davlat organlariga bölayotgan köplab murojaatlar va turli yiğin hamda ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar aholini korrupsiyadan jiddiy aziyat çekayotganini bildiradi.

«OAV orqali çop etilgan axborot materiallari, aholi bilan taşkil etilgan turli uçraşuvlardagi fikrlar, ijtimoiy tarmoqlardagi hamda davlat organlari va taşkilotlariga kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili xalqimizning mamlakatdagi bir qança sohalarda davom etayotgan korrupsiyadan aziyat çekayotganini körsatmoqda.
Bunga soğliqni saqlaş va boşqa ijtimoiy sohalarini misol qilib körsatişimiz mumkin. Xususan, ayni vaqtlarda mamlakatimizdagi pandemiya şaroitida sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari xalqimizga sodiq xizmat qiliş örniga ayrim mansabdorlar tomonidan jinoyatga qöl urilgan.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining ma'lumotlariga köra, Qaşqadaryoda viloyatida 917,8 mln, Navoiy viloyatida 509,8 mln, Namangan viloyatida 248,9 mln, Buxoro viloyatida 202,5 mln, Andijon viloyatida 159,3 mln söm miqdoridagi budjet mablağlari talon-toroj qilingan.
Bunday holatlar juda köp. Sodir etiladigan bir-ikki şunday holatlar ham xalqimizning davlatga bölgan işonçi sönişiga olib kelişi mumkin.
Yuqorida qayd etilgan holatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan aniqlanganidir. Hali aniqlanmagan holatlar mavjud emasligiga kim kafolat bera oladi?



















