Eyndxoven texnika universiteti bitiruvçilari tomondan taşkil etilgan Lightear golland kompaniyasi özining ilk modelini çiqarişini e'lon qildi. Bu One nomli, quyoş batareyalarida işlovçi elektrokar bölib, 2019 yildan seriyali işlab çiqariladi.

Hozirça kompaniya maşinaning bir neçta tizerini namoyiş qilgan. Taxminlarga köra, avtomobilning tom qismi quyoş panellari bilan qoplanadi. Maşina yaratuvçilarining hisob-kitoblariga köra, Gollandiyada maşina kundalik safarlar uçun yetarliça yoruğlik oladi. Umumiy hisobda maşina yiliga faqatgina quyoş panellarida ön ming kilometrgaça yöl bosib ötişi mumkin.

Elektr maşina töliq uzatmali qilib işlanadi, batareyalar quvvati 400-800 km masofaga yetadi. Maşinani sovuq havoda yoki uzoq safarlar uçun taşqi tarmoqdan quvvatlaş imkoniyati ham paydo böladi.

Modelning işlab çiqarilişi alohida versiyadagi önta avtomobildan iborat seriyadan boşlanadi. Bu maşinalar mijozlarga ikki yildan keyin topşiriladi. 2020 yilda yana 100 ta maşina işlab çiqarilişi belgilangan. 

Elektrokar Yevropa va AQŞda sotuvga çiqarilmoqçi. Uning minimal narxi 119 ming yevroni taşkil qiladi.