Jamiyat | 15:12 / 01.07.2017
23747
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda qidiruvdagi o‘ta xavfli retsidivist ushlandi

2017 yilning 29 iyun kuni, ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Chilonzor tumani hududida joylashgan “Erkin” blok postida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandida ko‘rsatilgan (o‘g‘irlik, ya'ni o‘ta xavfli retsidivist tomonidan o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) jinoyatini sodir etganligi uchun 2016 yil 20 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan Azizbek Turgunov ushlandi. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Hozirda A.Turgunovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan va uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Mavzuga oid