Estoniya şanba kuni YeI Kengaşi raisligiga kirişadi. U bu lavozimni Maltadan qabul qilib oladi. Mamlakatning raisligi 31 dekabrga qadar davom etadi.
YeI a'zo davlatlari doimiy vakillari bunday qarorni 2016 yilda qabul qilişgan. Bu Buyuk Britaniya Brexit tufayli raislikdan voz keçgani tufayli yuz berdi. Avval Estoniya Buyuk Britaniyadan söng raislikka kirişişi lozim edi.
Rais davlat majburiyatiga Kengaş yiğilişlari va işçi guruhlari faoliyatini taşkil etiş kiradi: kun tartibini yaratiş, yiğiliş va uçraşuvlarga rahbarlik qiliş, muhokamalar davomida umumiy pozitsiyalarni aniqlaş, Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti muhokamalarida kelişuvlarni taqdim etiş hamda imzolaş.
Estoniya hukumati 29 iyun kuni raislik dasturini tasdiqladi. U törtta ustuvor yönalişdan iborat. oçiq va innovatsion iqtisodiyotga ega Yevropa, xavfsiz va himoyalangan Yevropa, raqamli Yevropa va ma'lumotlarni erkin almaşiş.
Tallinning fikriça, iqtisodiyotni soğlomlaştiriş va iş örinlarini yaratiş jozibali işbilarmonlik muhiti va samarali savdo şerikligiga imkon beradi. Oçiq va innovatsion iqtisodiyot işbilarmonlik bilan byurokratiyaning kiçik darajasida şuğullanişga asoslangan. Iqtisodiy ösiş hamda iş örinlarini yaratiş uçun yagona bozor salohiyatidan foydalaniş lozim. Şuningdek, yuqori texnologiyali ilm-fanni qöllab-quvvatlaş kerak, bu Yevropa iqtisodiyoti innovatsiyalar va yangi texnologiyalarga oçiq bölişida kerak böladi.
Ikkinçidan, Estoniya, rais sifatida, Yevropadagi xavfsizlik va himoyalanganlikning qadriga yetadi. Içki çegaralarsiz Yevropa xavfsizlik siyosati, taşqi çegaralar, migratsiya va boşpana tizimida umumiy yeçimlarni talab etadi. Estoniya raisligi vaqtida Yevropa taşqi çegaralarini qöriqlaşni kuçaytirişga harakat qiladi.
Uçinçidan, dasturda jamiyatning raqamli rivoji muhimligiga e'tibor qaratiladi. Tez, sifatli internet-ulaniş iqtisodiyotga ham özining ijobiy ta'sirini ötkazmay qolmaydi.
Törtinçidan, Estoniya “öziga jalb etuvçi” Yevropa ğoyasini ilgari surişi muhim. Bunda har bir kişiga teng imkoniyatlar yaratilişi darkor.
Estoniyada yarim yil davomida vazirliklar darajasidagi 11 ta norasmiy uçraşuv va yettita oliy darajadagi anjuman bölib ötadi. Şuningdek, ekspertlar darajasida 203 ta tadbir bölib ötadi.













