Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Özbekistonning eng yangi tarixi böyiça Jamoatçilik kengaşi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.
Qaror şarhida qayd etilişiça, uşbu hujjat «Özbekiston milliy davlatçiligining vujudga kelişi va taraqqiy topişining eng yangi tarixini tadqiq etiş va öqitiş, ilmiy, ilmiy-ommabop, öquv-metodik, ma'rifiy adabiyotlarni tayyorlaş va çop etiş, ilm-fanning ta'lim va boşqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlaş va rivojlantiriş borasida ilmiy, madaniy, ta'lim, jamoat muassasalari va taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş işlarining samaradorligini oşiriş, yoşlarda, avvalambor umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar öquvçilarida, oliy öquv muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi çuqur bilimlarni şakllantiriş maqsadida» qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan Özbekistonning eng yangi tarixi böyiça Jamoatçilik kengaşining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:
- demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini şakllantirişning «özbek modeli» mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni saqlaş böyiça keng kölamli işlarni, hozirgi dunyoda Özbekistonning roli va örnini çuqur örganiş va yaqqol oçib beriş;
- Özbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondaşuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli örganişni taşkil etiş, Özbekistonning eng yangi tarixi böyiça dolzarb muammolarni işlab çiqiş, şuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bölgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qöşgan özbek xalqining tarixiy ötmişi va bugungi kuniga baho berişda bir yoqlama yondaşuvlarga, aqidaparastlikka yöl qöymaslik işlarini muvofiqlaştiriş;
- ilmiy, öquv, öquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlaş va çop etiş işlarini muvofiqlaştiriş, ularda Özbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, şuningdek, hozirgi Özbekiston hududida şakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy boğliq holda körib çiqişni ta'minlaş;
- Özbekistonning eng yangi tarixi böyiça ilmiy, öquv va öquv-metodik adabiyotlar, öquv dasturlari monitoringini olib boriş;
- sohada ilmiy-tadqiqot, öquv-metodik işlarning sifatini yaxşilaş böyiça takliflarni işlab çiqiş va joriy etiş;
- fuqarolarda tarixiy xotira, milliy özlikni anglaş, yuksak ma'naviyat, xalqning tarixiy an'analari, madaniy merosiga hurmat, Özbekiston mustaqillikka erişganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglaş kabi fazilatlarni şakllantirişga yönaltirilgan ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini, şu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oşirib borişga kömaklaşiş;
















