«Jurnalistika va blogerlik faoliyatini rivojlantiriş, ularni moddiy jihatdan qöllab-quvvatlaş hamda huquqlarini röyobga çiqarişga kömaklaşiş maqsadida Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi taşkil etildi.
Jamoat fondini ta'sis etiş böyiça bir guruh jurnalist va blogerlar, mass-media sohasi vakillari taşabbuskor guruh sifatida ariza berişdi, jumladan ular orasida Muhrim A'zamxöjayev, Qobil Xidirov, Laziz Hamidov, Xuşnud Xudoyberdiyev, Bobur Abidov, Madina Nurmanova, Abror Ismoilovni körsatiş mumkin.
Şuningdek, Jamoat fondi qoşida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlardan tarkib topgan Jamoatçilik kengaşi tuzilişi közda tutilgan. Xususan, media sohasining quyidagi vakillari Jamoatçilik kengaşi a'zoligiga taklif etilmoqda:
1) Azamat Atajanov (GazetaUz)
2) Umid Şermuhammedov (KunUz)
3) Muhrim A'zamxöjayev (DaryoUz)
4) Xurşid Daliyev (HumanUz)
5) Qamariddin Şayxov (QalampirUz)
6) Abduğani Abdurahmonov (XabarUz)
7) Navbahor Imamova (AmerikaOvozi)
8) Qobil Xidirov (bloger)
9) Nozim Safarov (bloger)
10) Ali Qahhorov (bloger)
11) Laziz Hamidov (vloger)
(röyxatni şakllantiriş davom etmoqda)
Kengaş tarkibi tasdiqlangandan söng, ular tomonidan mass-media sohasini yanada rivojlantiriş yuzasidan tavsiyalar işlab çiqiladi, jurnalist va blogerlarning erkin axborot oliş va tarqatişga oid faoliyati davomida duç kelgan muammolarini doimiy ravişda muhokama qilib boradi va ularning yeçimini topiş, axborot makonida nodavlat sektorning rolini kuçaytirişga kömaklaşiş, yuzaga kelgan ziddiyatli masalalarni hal qilişda mediatsiya institutini qöllaş çoralarini köradi.
Mass-media sohasiga xorijiy va mahalliy grantlar va mablağlar jalb qilinadi.
Jamoat fondi jurnalist va blogerlar, şuningdek matbuot kotiblarining malakasini oşirib boriş maqsadida doimiy ravişda öquv seminarlari taşkil etib boradi. Söz erkinligi va axborot makoniga oid qonunçilikni takomillaştiriş böyiça faol jamoatçilik pozitsiyasi yuzasidan muntazam takliflar işlab çiqadi, deyiladi















