Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, şahar va tumanlarda Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlarini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, şahar va tumanlarda Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari taşkil etiladi.
Prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hududiy bölinmalari boşliqlarining birinçi örinbosarlari Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari raislari etib belgilangan.
Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlanadi.
Belgilab qöyilişiça:
Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari öz işini jamoatçilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvçi maslahat-kengaş organi hisoblanadi;
Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar bilan boğliq masalalar böyiça davlat organlari, xöjalik birlaşmalari va jamoat taşkilotlaridagi xotin-qizlar masalalari böyiça boşlanğiç taşkilotlarning faoliyatini muvofiqlaştiradi;
Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari öz faoliyatini Namunaviy nizomga muvofiq işlab çiqilgan va tegişliça Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hududiy bölinmalari boşliqlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oşiradi;
Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari a'zoligiga, qoida tariqasida, davlat organlari va jamoat taşkilotlarida, mahallalarda namunali xizmat körsatayotgan xotin-qizlar, jamoatçilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli va taşabbuskor ayollar, nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari, namunali fuqarolar yiğinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar böyiça örinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari böyiça mutaxassislari qabul qilinadi;
Xotin-qizlar jamoatçilik kengaşlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşirişda oilalarni mustahkamlaşga, şuningdek yordamga muhtoj va oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan, boquvçisini yöqotgan, nogironligi bölgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaşga hamda ijtimoiy faolliklarini oşiriş masalalariga ustuvor ahamiyat qaratadi;
















