Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça Jamoatçilik kengaşlari faoliyati taşkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça Jamoatçilik kengaşlari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Jamoatçilik kengaşlari öz faoliyatini mustaqil amalga oşiruvçi maslahat organi hisoblanadi. Jamoatçilik kengaşlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzurida tuziladi hamda uning faoliyati belgilangan hududga nisbatan tatbiq etiladi.
Jamoatçilik kengaşlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
turli millat vakillari yaşayotgan mintaqalar aholisining maişiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini har çorakda muhokama qiliş va ularni hamkorlikda hal etişni taşkil qiliş hamda monitoringini olib boriş;
jamiyatda yuzaga kelişi mumkin bölgan millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini oliş va profilaktika qiliş çora-tadbirlarini amalga oşirişga kömaklaşiş;
millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi özaro hamkorlik va ijtimoiy şeriklik mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça takliflar beriş;
millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oşirilişi uçun mas'ul bölgan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş;
millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş masalalari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarini nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan samarali hamkorligini taşkil etiş uçun fuqarolar bilan boğlab turadigan “köprik” rolini bajariş;
turli millat va elatga mansub fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvçi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organlarining faoliyati haqidagi jamoatçilik fikrini tizimli monitoring qilişda va har tomonlama tahlil qilişda, sotsiologik sörovlar ötkazişda, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ötkazişda iştirok etiş;
etnomadaniy infratuzilmani, jumladan milliy madaniy markazlarning, şuningdek faoliyati millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini amalga oşiriş doirasidagi vazifalarni hal etişga yönaltirilgan davlat muassasalarining etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirişga kömaklaşiş;
Mavzuga oid
Özbekistondagi millat va elatlarning öziga xos xususiyatlarini saqlab qoliş maqsadida Özbekistonning turistik mahsulotlarni ommalaştiriş, şu jumladan joylarda etnoturizmni rivojlantiriş işlarida hamkorlik qiliş;
fuqarolarning ona tilida ta'lim oliş imkoniyatini ta'minlaş darajasini oşiriş böyiça takliflar beriş;
millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaşga doir qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, şuningdek davlat, tarmoq va hududiy rivojlantiriş dasturlarida jamoatçilik fikri hisobga olinişini nazorat qiliş;
millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş borasidagi işlar samaradorligini oşiriş yuzasidan belgilangan hududda soğlom ma'naviy-ruhiy holatni, qonuniylik, yuqori huquqiy madaniyat va axloqiylikni ta'minlaş borasida taklif va tavsiyalar işlab çiqiş;
millatlararo munosabatlar sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng kölamda tuşuntiriş maqsadida davlat organlari rahbarlarining, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari, ekspertlari hamda vakillarining ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlarini, uçraşuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda boşqa tadbirlarni taşkil etiş;
millatlararo munosabatlar sohasida Özbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining ijrosini ta'minlaş yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar monitoringini olib boriş.
Jamoatçilik kengaşi özining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oşiradi:
fuqarolar, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaşga oid taşabbus va murojaatlarini körib çiqişda iştirok etadi, ularni körib çiqiş natijalari böyiça Vazirlar Mahkamasiga tegişli takliflar tayyorlaydi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan fuqarolar, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarining millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaşning samarali şakl va usullarda özaro hamkorligi tahlilini amalga oşiradi, şuningdek ularni takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqadi;
millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaşga doir normativ-huquqiy hujjatlarni, şuningdek davlat organlarining içki idoraviy hujjatlarni takomillaştiriş, ulardagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça takliflarni işlab çiqadi hamda uşbu takliflarni Jamoatçilik kengaşi a'zolari örtasida muhokama qiliş böyiça tadbirlarni taşkil qilişda iştirok etadi;
jamiyatda millatlararo totuvlik va bağrikenglikni ta'minlaş, döstlik muhitini va köp millatli katta yagona oila tuyğusini mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga sadoqat va qonunlarga hurmat ruhini kuçaytiriş, ularni ijtimoiy, siyosiy, psixologik va ma'naviy-ma'rifiy jihatdan yuksaltiriş böyiça takliflar tayyorlaydi, uşbu sohada ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarni taşkil etişda iştirok etadi, şuningdek, bu boradagi ilmiy-ma'rifiy va öquv adabiyotlarini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqadi;
millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça belgilangan hududda amalga oşirilayotgan tizimli çora-tadbirlar haqida muntazam ravişda ma'lumot beradi hamda mavjud muammolarni hal qiliş, kamçiliklarni bartaraf qiliş haqida takliflar işlab çiqadi;
millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş borasida işlar samaradorligini oşirişga bağişlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, davra suhbatlarini taşkil qilişda iştirok etadi;
jamoatçilik kengaşi faoliyatini rasmiy veb-saytlarda hamda ommaviy axborot vositalarida yoritiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oşiriş va mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça takliflar tayyorlaydi;
öz vazifalarini amalga oşirişda nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari, şuningdek, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Jamoatçilik kengaşi özining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajariş uçun quyidagi huquqlarga ega:
öz vakolatlari doirasida davlat organlaridan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy ma'lumotlarni sörab oliş va qabul qiliş;
Jamoatçilik kengaşi vakolatiga tegişli masalalarni hal qiliş uçun Jamoatçilik kengaşi a'zolaridan iborat jamoatçilik komissiyalarini taşkil etiş;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari bilan kelişgan holda millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaşga bağişlab ötkaziladigan yiğilişlar va boşqa tadbirlarda iştirok etiş;
turli millat vakillari hamda ular oila a'zolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini tahliliy örganiş;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga Jamoatçilik kengaşi vakolatiga tegişli masalalar böyiça takliflar kiritiş;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda Jamoatçilik kengaşi tomonidan taşkil etiladigan tadbirlarga davlat, jamoat, madaniyat va san'at arboblari, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini jalb qiliş, şuningdek ular bilan hamkorlikda tadbirlar taşkil qiliş;
Jamoatçilik kengaşining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida e'lon qiliş.
Jamoatçilik kengaşi qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
Jamoatçilik kengaşlari öz faoliyatini amalga oşirişda quyidagi majburiyatlarga ega:
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga va boşqa Qonun hujjatlariga rioya qilişi;
davlat organi va uning mansabdor şaxslarining öz vakolatlari doirasida amalga oşiradigan faoliyatiga aralaşmasligi;
davlat organi va uning mansabdor şaxslari faoliyat körsatişi uçun tösqinlik qilmasligi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlaşga, ularning şaxsiy hayotiga aralaşişga yöl qöymasligi;
jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatiş qonun bilan çeklangan bölsa, maxfiyligiga rioya qilişi şart.
Jamoatçilik kengaşining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.