Bangladeşning Gazipur okrugida kiyim-keçak tikiş fabrikasida isitiş qozonining portlaşi oqibatida kamida 9 kişi halok böldi, 50 kişi jabrlandi. Bu haqda bdnews24 yangiliklar portali ma'lum qildi. 

Öt öçiriş xizmati vakilining aytişiça, portlaş 3 iyulda soat 19.00larda yuz bergan. Portlaş oqibatida Multifabs Ltd kompaniyasiga qaraşli fabrikaning 4 qavatli binosi qisman vayron bölgan. Ta'kidlanişiça, qurbonlar soni oşişi mumkin.

Qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Jarohatlanganlar şifoxonalarga yetkazilganlar.