Özbekiston va Qoraqalpoğiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakat (endilikda Özbekiston yoşlar ittifoqi) qurultoyida «Yoşlar» telekanali rahbari etib tayinlangani e'lon qilingaç, bu kutilmagan va şov-şuvli yangilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida juda keng muhokama etildi.
Albatta, bu qarorni olqişlamaganlar ham, unga qarşi fikr bildirganlar ham talaygina. Biz ulardan iqtibos keltirib ötirmadik, çunki muxtasar qilib aytganda, ularning boş e'tirozi jurnalistika sohasi rahbarligini artistga, san'atkorga işonib topşirib bölmasligi xususida böldi.
Masalan, foydalanuvçilardan Ra'no Hasanova şunday yozadi:
«Men bir nimani tuşunmayman: nega endi Ozodbek? Nahotki televideniyeda işlovçi mutaxassislar, kadrlar yetişmasa? Juda rahbar topişolmasa, taniqli xalq artistlaridan rahbar tayinlaşning iloji yöqmidi? Qöşiqçidan köra, aktyor yaxşiroqmidi, deyman-da. Juda axloqli, odobli, salobatli aktyorlarimiz bor-ku?! Masalan, Hoşim Arslonov, Murod Rajabov, Lutfulla Sa'dullayev, Yodgor Sa'diyev va hokazo. Balkim öşa aktyorlarimiz yangilik qilişarmidi. Sönggi paytlarda televizorda qiziqarli narsalar berilmayapti. Ertalabdan keçgaça faqat gap...»
Uşbu qarorni qöllab-quvvatlayotganlar, Ozodbek Nazarbekovning erkin ijodkor ekanligi, yoşlar bilan muomala qilişni juda yaxşi bilişi, undan ajoyib rahbar çiqişiga işonç bilan qarayotganlar ham bor, albatta. Ular gapiga dalil sifatida kasbi san'atkor bölgan prezidentlar va boşqa mutaxassislikni egallab TV sohasida şuhrat qozongan rahbarlarni tilga olişmoqda.
Dilşod Islomov bu borada öz fikrini quyidagiça bayon etgan:
«Albatta, «Yoşlar» telekanaliga Özbekiston xalq artisti, xalqimizning sevimli san'atkori Ozodbek Nazarbekovning rahbar etib tayinlanişiga har xil munosabatlar bildirilayapti. Rahbariyatning bu qarorga kelişining asosli sabablari bölişi tabiiy. Töğri, Ozodbek TV haqida mukammal bilim, tajribaga ega bölmasligi mumkin. Biroq, salohiyati haqida oldindan noörin gapirib bölmaydi. Balki, «Yoşlar» kanali u kişining rahbarligi ostida juda rivojlanib ketar. Bilganimiz, el-yurt oldida yetarli obro‘-e'tiborga ega, şunça yildan buyon qöşiqçilik borasida qirol bölib kelayotgan bölsa-da, ayrim san'atkorlarga öxşab oyoği yerdan uzilib, gerdayib ketgani yöq. Katta şuhrat, ma'naviy va moddiy boylikka ega bölsa-da odamgarçilikni, kamtarlikni unutgani yöq.
Qolaversa, OAV şunday soha ekanki, işga kiriş, lavozimga tayinlaniş uçun aniq mutaxassislik diplomi talab etilmaskan. Qobiliyat, öquv bölsa bölgani. "Selxoz"ni çorvaçilik yönalişi böyiça tugatmaysizmi, diplom bölsa böldi, işlayverasiz, kerak bölsa boş muharrir bölib. Şu uçun ham OAV sohasida jurnalist mutaxassisligiga ega kadrlar qatorida döxtirlarni ham, çorvadorlarni ham, harbiylarni ham, xullas, har soha vakillarini uçratiş mumkin. Masalan, Rossiyaning «Perviy kanal»i. Umuman, Rossiya TVsini Kosntantin Ernstsiz tasavvur qiliş juda qiyin. Uning ham aslida mutaxassisligi OAV uçun butkul begona. Adaşmasam, mutaxassislik böyiça biologmi, qurtşunosmi, xullas, şunaqa. Lekin uning kuçli mediamenejyer, prodyuser va noyob teleloyihalar muallifi ekanini heç kim inkor etolmaydi».

















