Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni Seul şahri meri Pak Von Sunni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Seul şahri meri prezidentga Koreya Respublikasi prezidenti Mun Çje Inning uşbu mamlakatga joriy yil davomida davlat taşrifi bilan boriş taklifini şaxsan topşiriş uçun Toşkentga kelgan.
Davlat rahbari taklifni mamnuniyat bilan qabul qilar ekan, bugun Özbekiston bilan Janubiy Koreyani döstlik riştalari, özaro manfaatli hamkorlik va strategik şeriklik munosabatlari mustahkam boğlab turganini alohida ta'kidladi.
Koreya Respublikasi Özbekistonda sanoat va infratuzilmani diversifikatsiya va modernizatsiya qilişga doir ustuvor dasturlarni amalga oşirişda an'anaviy yetakçi investitsion va texnologik şerik hisoblanadi. Janubiy Koreyaning yetakçi kompaniyalari va banklarining 7 milliard dollardan ziyod investitsiyalari jalb etilgan holda iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida önlab yirik loyihalar amalga oşirildi va amalga oşirilmoqda.

Ilmiy-texnik, madaniy-gumanitar, tibbiyot va ta'lim sohalarida özaro munosabatlar kengaymoqda.
Özaro yaqin hamkorlikning bugungi yuksak bosqiçiga köp jihatdan oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli erişildi.
Uçraşuvda bugun qabul qilingan "Yöl xaritasi"ga muvofiq birodarlaşgan şaharlar – davlatlarimiz poytaxtlari Toşkent va Seul örtasida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari ham muhokama etildi.
Zamonaviy texnologiyalarni keng qöllaş asosida şaharni boşqariş, transport tizimi va uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantiriş böyiça samarali tizimni taşkil etiş sohasida Janubiy Koreyaning ilğor tajribasidan foydalaniş masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Şaharsozlik, arxitektura va landşaft dizayni sohalarida özaro faol hamkorlik qiliş muhimligi qayd etildi.
Mamlakatlarimiz poytaxtlari örtasida özaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyiha va dasturlarini tayyorlaş va amalga oşiriş maqsadida muntazam taşriflar almaşiş töğrisida kelişuvga erişildi.

















