Koreya Respublikasi poytaxti Seul şahri meri Pak Von Sun rahbarligidagi delegatsiya Özbekistonning turli taşkilotlarida uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Toşkent şahri hokimi Rahmonbek Usmonov bilan muloqot çoğida Toşkent va Seul şaharlari örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş masalalari haqida söz yuritildi.
Mehmonlarga Toşkent şahrida transport va muhandislik infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, sanoat va tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berildi.
Pak Von Sun Toşkent şahri bilan keng qamrovli, tizimli va uzoq muddatli hamkorlik qiliş tarafdori ekanini ta'kidladi. Toşkentni 2030 yilgaça rivojlantiriş böyiça rejalarni yuqori baholab, bu boradagi işlarda Janubiy Koreyaning şaharsozlik, transport, axborot texnologiyalari, servis va boşqa sohalardagi tajribasi, nou-xaulari bilan qatnaşiş niyatini bildirdi.
Toşkent va Seul şahri biznes vakillarining özaro taşriflarini taşkil etiş, kiçik biznes sohasiga investitsiyalar jalb etiş, tadbirkorlarning töğridan-töğri aloqalarini yölga qöyişga kelişib olindi.
Bundan taşqari, xalqaro hamkorlik markazida şahar jamoat transportini rivojlantiriş böyiça Özbekiston – Janubiy Koreya konferensiyasi bölib ötdi.
Tadbirda ikki mamlakatning transport va transport kommunikatsiyalari, şahar infratuzilmasi, axborot texnologiyalari kabi sohalarga oid vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari iştirok etdi. Unda Özbekiston bilan Janubiy Koreya örtasidagi hamkorlik barça sohalarda izçil rivojlanib borayotgani alohida ta'kidlandi. Mazkur forum mamlakatlar örtasida şahar infratuzilmasi, transport va AKT sohalaridagi aloqalarni yanada faollaştirişga xizmat qilişi qayd etildi.
Forumda mehmonlarga Toşkent şahrida transport va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantiriş, zamonaviy uy-joylar barpo etiş, infratuzilma, kommunal va ijtimoiy sohalarni takomillaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida sözlab berildi.
Toşkent şahar hokimligi bilan Seul şahar meriyasi örtasida özaro aloqalarni mustahkamlaş töğrisida bayonnoma, Toşkent va Seul şaharlari örtasida AKT sohasida hamkorlik töğrisida Anglaşuv memorandumi imzolandi.
Bundan taşqari, Seul meri koreys diasporasidan özbek xalqiga minnatdorlik yodgorligi oçilişida

















