«Rahmonbek Jahongiroviç Usmonov Özbekiston Respublikasi transport vazirining örinbosari lavozimiga tayinlansin», deyiladi prezidentning 14 yanvar kungi qarorida.

Rahmonbek Usmonov transport vaziri örinbosari lavozimda 5 yanvar kuni işdan olingan Davron Dehqonov örnida iş boşlaydi.

Ma'lumot uçun, Rahmonbek Usmonov 1960 yil Toşkent şahrida tuğilgan. 1982 yil Toşkent avtomobil yöllari institutini tamomlagan. «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

U 2001-2003 yillarda Mirzo Uluğbek tumani hokimi örinbosari, 2003-2005 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi, 2005-2011 yillarda Toşkent şahri hokimining kapital quriliş, kommunal xöjalik, obodonlaştiriş, sanoat va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2011 yil fevralidan 2012 yil martiga qadar Toşkent şahri hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi bölgan. 2012–2018 yillarda esa Toşkent şahri hokimi sifatida faoliyat körsatgan.

2018 yil aprel oyida Toşkent şahri hokimligini tark etib, 2018 yil oktyabriga qadar Özbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinçi örinbosari bölgan. U 2018 yil oktyabridan buyon Toşkent şahrining Yunusobod tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.